14
3.
Amaliy dastur nima?
4.
Amaliy dasturiy ta’minot nima u qanday vazifalarni bajaradi?
5.
Dasturli qayta ishlash qanday tartibda amalga oshiriladi?
6.
Amaliy dasturlar paketining imkoniyatlari qanday?
7.
Amaliy dasturlar paketini qaysi firmalar ishlab chiqaradi?
8.
Amaliy dasturlar paketi qanday sinflarga bo‘linadi?
9.
Muammoviy yo‘naltirilgan amaliy dasturlar
paketlarining asosiy
xususiyatlari nima?
10.
Muammoviy yo‘naltirilgan amaliy dasturlar paketlar tarkibiga
kiruvchi dasturlarga tavsif bering?
2§. Microsoft Office paketlari va ularning versiyalari
2.1. Microsoft Office
paketlari va ularning
xarakteriskalari
Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi har bir masalani
yechishda, hujjatlarni tahrirlashda va boshqa ishlarda unimli foydalanishi
mumkin. Officedan foydalangan foydalanuvchi ekranni o‘z
xohishi
bo‘yicha o‘zgartirishi, shriftlarni tanlashi, printerlarni tanlashi, boshqa
tizimlarni disklarga yozishi, qo‘shimcha
kompyuter qurilmalarini
o‘rnatishi va hakozo imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Qisqa qilib
aytganda, kompyuter ishini o‘z xohishiga moslab kompyuter xotirasi,
ekranni, ishlash tezligi, qo‘shimcha qurilmalaridan optimal foydalanishi
mumkin. Mashhur Microsoft korporatsiyasi
shaxsiy kompyuterlardan
foydalanuvchilar uchun ko‘pgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab
chiqarishni jadal rivojlantirmoqdalar. Jumladan, foydalanuvchilarning
kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun Office dastur-
lar to‘plamini ham ishlab chiqarishgan. Ko‘pgina foydalanuvchilar
Windows operatsion tizimi bilan Office dasturlar to‘plamini
chalkash-
tirishadi. To‘g'ri, bu ikkala dasturlarni ham Microsoft korporatsiyasi
ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga
o‘rnatishga mo‘ljallangan. Windows operatsion tizimi Office dasturlarisiz
bemalol ishlay oladi, lekin Office dasturlari Windows dasturisiz ishlamay-
di. Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud: Windows-3.X,
15
Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, Windows NT,
Windows XP va hakozo. Office dasturlar to‘plamini esa quyidagi
versiyalari mavjud: Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000, Office-
2002 va Office XP. Office-2003 dasturlar to‘plamini shaxsiy kompyuterga
o‘rnatish uchun kompyuterda Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan
bo‘lishi, so‘ng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mb bo‘lishi va
qattiq diskda kamida 250 Mbdan 700 Mbgacha (Officedan
foydalanish
imkoniyatiga qarab) bo‘sh joy bo‘lishi lozim.
Office tarkibi Microsoft Office bir nechta xilda sotuvga chiqariladi.
Ularning farqi to‘plam tarkibi va narxida. Office dasturlar to‘plamining
nisbatan to‘liqroq variantiga quyidagi dasturlar kiradi:
Microsoft Word - har xil ko‘rinishdagi oddiy va murakkab matnlarni
tahrirlashga mo‘ljallangan matn muharriri. Ekvivalent dasturlar:
OpenOffice.org Writer, LibreOffice Writer, StarOffice Writer, KWord, NeoOffice
Writer, Corel WordPerfect, Apple Pages (bu faqat Mac OS tizimida) va
AbiWord.
Microsoft Excel - har ko‘rinishdagi hisob-kitobli ma'lumotlar bilan
ishlashga mo‘ljallangan elektron jadvalli dastur. Muqobil dasturlar:
OpenOffice.org Calc, LibreOffice Calc, KSpread, StarOffice, Gnumeric,
Corel
Quattro Pro va Apple Numbers (bu faqat Mac OS tizimida).
Microsoft PowerPoint - ma'lumotlarni taqdimot, reklama qilishga
mo‘ljallangan taqdimot dasturi. Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Impress,
LibreOffice Impress, KPresenter, Corel WordPerfect va Apple Keynote.
Microsoft Access- ma'lumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga
mo‘ljallangan dastur. O‘rnini bosuvchi dasturlar: OpenOffice.org Base,
LibreOffice Base, Kexi.
Microsoft Publisher - har xil ko‘rinishdagi noshirlik ishlarini bajarishga
mo‘ljallangan muharrir dastur.
Dostları ilə paylaş: