O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm.Amaliy dasturiy vositalarning sinflanilishi



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
1-rasm.Amaliy dasturiy vositalarning sinflanilishi 
Amaliy dasturlar paketi.
Aniq sinfga oid masalalarni
yechishga oid o‘zaro bog’langan dasturlar majmui.
1) Muammoli - yo‘naltirilgan. Boshqarish funksiyalarida, struk-
turalashgan berilganlar va qayta ishlash algoritmlari kabi muammoli 
sohalarda qo‘llaniladi.



2) Loyihalashni avtomatlashtirish. Chizma, sxema, diagramma-
larni ishlab chiquvchi konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida 
qo‘llaniladi.
3) Umum yo‘naltirilgan. Matn muharrirlari va jadval proses-
sorlari, grafik muharrirlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
kabi kompyuter texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi tizimlar. 
2-rasm. ADP yordamida yechiladigan masalalar 
4) Ofisli. Ofisning tashkiliy faoliyatini boshqarishni ta’minlay-
di. U o‘zida organayzerlar (yozuv va telefon kitoblari, kalendarlar,
taqdimotlar)ni, tarjimonlarni, matnni anglash kabi vositalarni mujas-
samlashtiradi.
5) Stol usti nashriyot tizimlari - funksional jihatidan
birmuncha kuchli bo‘lgan matn prosessorlari.
6) Su’niy intellekt tizimlari. U o‘zida tabiiy tilda muloqat
qilishni qo‘llab quvvatlovchilarni; turli xil vaziyatlarda foydalanuv-
chilarga tavsiyalar bera oladigan ekspert tizimlarini; dasturlash-
tirishsiz amaliy masalalarni yechuvchi intellektual amaliy dasturlar 
paketlarini qamrab oladi.
Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallab chiqarilgan amaliy
dasturlar paketlari uchun quyidagi tasniflarni aytib o‘tish mumkin:

matn muharrirlari, matnli prosessorlar va noshirlik tizimlari;

grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafika vositalari;

katta o‘lchamli elektron jadvallar, jadval prosessorlari;

telekommunikasion 
tizimlarni 
boshqarish 
amaliy 
dasturlar 
paketlari;

berilganlar bazasini boshqarish tizimi;


10 

ma’lumotli-qidirish tizimlari;

su’niy intellekt tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari;

avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlari;

ma’lumotlarni statistik qayta ishlash paketlari;

matematik dasturlashtirish amaliy dasturlar paketlari;

avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari;

tarkibiga muammoga mo‘ljallangan paketlarning bir nechta turini 
oladigan integrallashgan amaliy dasturlar paketi.
Matnli, jadvalli va grafik axborotlarni avtomatlashtirilgan
holda ishlab chiqishni amaliy dasturlar paketi ta’minlaydi.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin