O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


hardware ) va dasturiy ta’minoti soft ( software



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
hardware
) va dasturiy ta’minoti soft (
software
) kabi ikkita katta 
qismlarga ajratilishiga olib keldi.
Dunyoda Microsoft, Oracle, Sun, Borland kabi dasturiy
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yuzaga keldi. Hisoblash
texnika vositalarini tezkorlik bilan rivojlanishi va kompyuterlarning
qo‘llanish sohalarini tobora kengayib borishi dasturiy ta’minotlar
evolyusiyasi jarayonini tezlashtirdi[11].
Agar oldin dasturiy ta’minotlarning asosiy kategoriyalari
(operatsion tizimlar, translyatorlar, amaliy dasturlar paketi) barmoq bilan 
sanarli bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib u tugal bir rivojlanish tomoniga 
o‘zgardi. Yangi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishda tugal bir yangi
bo‘lgan yondoshuvlar yuzaga keldi. Bu jarayon talab qilinadigan
dasturiy mahsulotlar bilan bozordagi amaldagi dasturiy mahsulotlar-
ning nisbatini keskin o‘zgarishiga olib keldi.
Amaliy dasturiy ta’minotlarga inson faoliyatining turli xil 
sohalariga mansub bo‘lgan dasturlar kiradi. Amaliy dastur – bu
istalgan aniq bir dastur bo‘lib, u qandaydir muammoli sohasi
doirasiga oid masalalarni yechishgan mo‘ljallangan bo‘ladi.
Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning 
shartlaridan biri amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini 
yaratishdir.
Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi ShKning 
muhandislik mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat,
ta’limning aniq vazifalarini yechishda kengroq tadbiq etish uchun 
sharoitlar yaratadi.
1.2.Amaliy dasturlar paketi va uning tarkibiy dasturlari 
Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida 
quriladi va u bundan keyin ham aniq yo‘nalishlarda rivojlanadi. Ular 
hisoblash vositalarining dasturli ta’minlanishida alohida yetkazib



beriladi, o‘zining hujjatlariga ega va operatsion tizimlarning
tarkibiga kirmaydi. Ko‘pgina paketlar integrasiyaning shaxsiy 
vositalariga ega.
Amaliy dastur ta’minot (application software) – bu
foydalanuvchilar vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan va do‘stona 
foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘lgan dasturiy ta’minotdir.
Amaliy dasturiy ta’minot kompyuterning apparat ta’minoti bilan 
bevosita o‘zaro aloqa qilmaydi. Masalan, bunga matn prosessorni,
grafik muharirlari, elektron jadvallar, buxgalteriya dasturlari kabi
foydalanuvchi topshiriqlarini kirituvchilarni keltirish mumkin. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin