O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


I-bob. Amaliy dasturiy ta'minot va amaliy dasturlar paketi



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
I-bob. Amaliy dasturiy ta'minot va amaliy dasturlar paketi. 
 
1§. Amaliy dasturiy ta'minot 
1.1.Amaliy dasturiy ta'minot , vazifasi va imkoniyatlari 
Axborot -atrof-muxit ob'еktlari va hodisalari, ularning o`lcham-
lari va holatlari to`g`risidagi ma'lumotlardir. Axborot insonlar o`rtasida
ma'lumotlar ayiriboshlash, odamlar va qurilmalar o`rtasida signallar 
ayiriboshlashni ifoda etadigan umummiliy tushunchadir[8].
Informatika fani axborot tabiat hodisalari yoki ob'еktlar to`g`risi-
dagi tasavvurimizni o`zgartiruvchi o`zaro kontsеptual bog`liq ma'lumot-
lar, ko`rsatkichlar, nеgizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informa-
tikada axborotlar bilan bir qatorda ma'lumotlar tushunchasi ham qo`lla-
niladi[8].
Ma'lumotlarga faqat saqlanadigan bеlgilar yoki yozib olinadi-
gan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma'lumotlarga biror
narsa to`g`risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imko-
niyati tug`lsa, ma'lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborot-
ni foydalaniladigan ma'lumotlar dеb atasa ham bo`ladi.
Masalan, qog’ozga tеlеfon raqamlarini ma'lum tartibda yozib,
birovga ko`rsatgansiz,u buni biror axborot bеrmaydigan ma'lumot
sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir tеlеfon raqami to`g`risidagi 
muayyan korxona yoki tashkilot nomining faoliyati turi yozib
qo`yilsa, avvalgi ma'lumot axborotga aylanadi. 
Matnli, sonli, grafikli va tovushli axborotlar kompyuterda
qayta ishlanishi uchun berilganlar shaklida taqdim qilinishi lozim.
Berilganlar–kompyuterda qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan shakl-
da ifodalanadigan axborotlardir. Buyruq–u elementar instruksiya bo‘lib, 
unda kompyuterning u yoki bu amalni bajarishi ifodalaniladi. Protses-
sorni biror-bir operatsiyani amalga oshirishi uchun bitta buyruq emas,
balki bir – nechta buyruqlar ketma-ketligini bo‘lishi zarur bo‘ladi. 
Berilganlarni kompyuterda dasturli qayta ishlash quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi:
1) kompyuterni tashqi xotirasida saqlanuvchi dastur bajarilishi
uchun ishga tushirilganda u operativ xotiraga yuklanadi;



2) protsessor dastur buyruqlarini berilgan ketma-ketlikda o‘qiydi va uni
bajarishni amalga oshiradi;
3) qayta ishlash jarayonida qayta ishlangan berilganlar, protsessor
tomonidan operativ yoki tashqi xotiraga yozilib boriladi;
4) protsessor chiqarish qurilmasi berilganlariga so‘rovlar yuborishi
va o‘zida qayta ishlangan berilganlarni chiqarish qurilmalariga uzatishi 
mumkin. 
Dasturlar-bu buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir.Istalgan 
kompyuter dasturlarining yakuniy maqsadi – apparat vositalarini
boshqarish va natijalar olishdan iborat bo‘ladi.
Odatda, dasturiy ta’minot (Software) deyilganda hisoblash
tizimi orqali bajariladigan dasturlar to‘plami tushuniladi.
O‘z o‘rnida dasturiy ta’minot– kompyuter tizimlarining ajralmas
qismi hisoblanadi va u texnik vositalarning mantiqiy davomi bo‘ladi.
Aniq kompyuterni qo‘llanish sohasi undagi dasturiy ta’minot-
ning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Kompyuterning apparat va das-
turiy ta’minoti bir-biri bilan ajralmas va uzluksiz o‘zaro harakatda 
bo‘ladi.
Bir butun kompyuter, yoki uning tarkiy qismlari o‘z-o‘zidan
axborotlarni qayta ishlay olmaydi. Kompyuterning ishlashini turli xil
funksiya va vazifalarni bajaruvchi dasturlar boshqaradi.
Hisoblash tizimining dasturiy ta’minoti dasturli konfigurasiya
deb ataladi. Hisoblash tizimlari fizik tugin va bloklarda ajratilgani
singari, dasturlararo ham o‘zaro aloqa mavjud bo‘ladi, ko‘plab 
dasturlar boshqa quyi darajadagi dasturlarga tayangan holda ishlaydi.
Kompyutеrning 
dasturiy 
ta'minoti 
orasida 
eng 
ko‘p 
qo‘llaniladigani amaliy dasturiy ta'minot (ADT) dir[14]. Bunga asosiy 
sabab - kompyutеrlardan inson faoliyatining barcha sohalarida kеng 
foydala-nishi, turli prеdmеt sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning 
yaratilishi va qo‘llanishidir 
Amaliy dasturiy ta’minot o‘zida aniq bir vazifani bajaruvchi
amaliy dasturlar majmuini mujassamlashtiradi. Tabiiyki amaliy
dasturiy ta’minotlar va tizimli dasturiy ta’minotlar orasida bevosita 
o‘zaro aloqa mavjud bo‘ladi.



Dunyoda kompyuter texnikasini jadal rivojlanishi, dasturiy
mahsulotlarni ham shunday jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi.
Dunyoda kompyuterlarni ommaviylashuvini dasturiy ta’minotlarsiz
tassavur qilib bo‘lmay qoldi.
Kompyuterlarning rivojlanishini tijorat sohasini apparat ta’minoti 
(

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin