193
Style xossasi chiziladigan chiziqlarning ko‘rinishini o‘zgartiradi. U
quyidagi qiymati oldindan aniqlangan o‘zgarmaslardan
biriga teng
bo‘lishi mumkin:
1.psSolid – uzluksiz (oldindan o‘rnatilgan).
2.psDash – shtrix (mayda kesmachalar).
3.psDot – (nuqtalar).
4.psDashDot – kesma va nuqta.
5.psDashDotDot – kesma, nuqta va nuqta.
6.psClear – ko‘rinmas.
Qalam stilini o‘zgartiruvchi operator
Image1.Canvas.Pen.Style:=psDash; kabi bo‘ladi.
Pen (qalam) ning Color (rang) xossasi chiziladigan chiziqning
rangini belgilab beradi. bu xossada
ham oldindan berilgan
o‘zgarmaslardan foydalanish mumkin. Masalan, clBlack (qora, oldindan
o‘rnatilgan), clWhite (oq), clBlue (ko‘k), clGreen (yashil), clRed (qizil),
clYellow (sariq), clBrawn (jigar rang), clGrey (kul rang), clSilver
(kumush rang, clAqua (havo rang) va yana o‘nlab o‘zgarmaslar mavjud.
Image1.Canvas.Pen.color:=clRed; operatori
chiziladigan chiziq
rangini qizilga o‘zgartiradi. Delphi da 16 milliondan ortiq ranglardan
foydalanish mumkin. Bu ranglarning barchasa uchta asosiy rang: qizil,
yashil va ko‘k ranglarni qo‘shish orqali yaratiladi.
Asosiy ranglarning har biri uchun bir bayt ajratiladi.
Bu uchta
baytda xil rangni saqlash mumkin. Ranglarning tartib nomerini 16lik
sanoq sistemasida yozish qulay. Bu sanoq sistemasida uch baytga 6
xonali son mos keladi. Ulardan eng kichik ikkita xona qizil, o‘rtadagi
ikki
xona yashil, va eng katta ikki xona ko‘k rangga mos keladi:
$BBGGRR (bu yerda BB ko‘k rangga, GG yashil, RR qizil rangga mos
raqamlar.
Masalan, ko‘k rang $FF0000, yashil $00FF00, qizil $0000FF, sariq
$00FFFF, pushti rang $FF00FF o‘n oltilik son bilan ifodalanadi. Agar
o‘n oltilik sanoq sistemasida ishlash noqulay bo‘lsa, u holda RGB(RR,
GG, BB) standart funksiyadan foydalanish mumkin.
Bu funksiyaning uchta argumenti bo‘lib, ulardan birinchisi qizil,
ikkinchisi yashil, uchinchisi ko‘k ranglarga mos keladi. Bu
194
argumentlarning qiymatlari 0 dan 255 gacha bo‘lishi mumkin. Masalan,
RGB(0, 0, 0) qora rangni, RGB(255, 255, 255) oq rangni, RGB(0, 255,
255) havo rangni, RGB(127, 0, 0) to‘q qizil rangni, RGB(0, 127, 0) to‘q
yashil rangni, RGB(200, 200, 0) to‘q sariq rangni beradi.
Brush (cho‘tka)ning rangi ham shu tarzda aniqlanadi. Uning stilini
quyidagi o‘zgarmaslar orqali o‘zgartirish mumkin:
1.bsSolid – sidirg‘a (bir tekis).
2.bsClear – ko‘rinmas.
3.bsBDiagonal – yon diagonal bo‘ylab.
4.bsFDiagonal – asosiy diagonal bo‘ylab.
5.bsCross – panjarasimon.
6.bsDiagCross – diagonal bo‘ylab panjara.
7.bsHorizontal – gorizontal.
8.bsVertical – vertikal.
Dostları ilə paylaş: