37
Diqqatni o‘ziga jalb qiluvchi videoroliklar,
Internet sahifalarini
yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish qiyin bo‘lib qoldi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar sirasiga bir qancha
dasturlarni sanab o‘tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe
Photoshop,
Adobe Illustrator, Corel Draw,
Macromedia va Adobe
Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady, Macromedia va Adobe
Flash, Discreet va Autodesk 3ds Max, Cinema 4d, Alias va Autodesk Maya,
LightWave, Adobe Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter
grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm
chizish mumkin bo‘lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, ba’zilarida esa uch
o‘lchamli modellashtirish va hattoki to‘rt o‘lchamli modellashtirish
mumkin bo‘ladi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlayotganda ekranning o‘lchamini
bilish ham muhim hisoblanadi. Ekran aslida nuqtalardan tashkil topgan
bo‘ladi. Uni piksellar deb ataladi. Ekrandagi nuqtalar soni qanchalik
ko‘p bo‘lsa ekran shunchalik sifatli hisoblanadi. Ekranning o‘lchamlari
ham yuqoridagilarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Misol uchun
800x600 o‘lcham gorizontaliga 800 nuqta va vertikaliga 600 nuqtadan
tashkil topishini anglatadi.
Ekran haqida gapirganda yana shunga e’tibor berish lozimki, ekran-
ning ham turlari bor. Monitor-Displey chiqarish qurilmasi bo‘lib, ular 2
xil ish tartibida ishlaydilar.
Matnli ish tartibi 80 *25 simvol sig’imiga ega.
Grafik ish tartibi. 1024 * 640 pixel sig’imga ega.
Monitorlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin
1.
MGA Monochrom graphic adapter-oq qora rangli monitorlar.
2.
CGA Color graphic adapter-rangli manitorlar.
3.
MCGA Multi Color graphic adapterli manitorlar.
4.
EGA EXTENDED graphic adapter kengaytirilgan. Grafik adapterli
monitorlar.
5.
VGA Video graphic adapter
6.
SVGA Super Video graphic adapter.
Hozirda qo‘llanilayotgan monitorlar SVGA turkumiga oid hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: