Nazorat uchun savollar
1.
Kompyuter grafikasi nima?
2.
Kompyuter grafikasisining qanday turlari bor?
3.
Kompyuter grafikasi foydalanish sohasi bo‘yicha qanday turlarga
bo‘linadi?
4.
Rastrli grafika nima?
5.
Vektorli grafika nima?
6.
Fraktal grafika nima?
7.
Rastirli tasvirlar va ularning asosiy xarakteristikalarini ayting?
8.
Kompyuter grafikasining yaratilish tarixi qanday?
9.
Komputer grafikasining dasturiy ta’minoti to‘g’risida ma’lumot
bering?
10.
Komputer grafikasida foydalaniladigan dasturlarni sanab bering?
11.
Uch o‘lchovli animasiyalar uchun qanday dasturlar ishlatiladi?
12.
Prezentasiyalar uchun qanday dasturlar ishlatiladi?
5§. Komputer grafikasi dasturlari
5.1. Corel Draw dasturi
Corel Draw - bu illyustratsiyalarni vektor grafikasi printsipiga
asoslangan holda yaratuvchi va tahrirlovchi dastur hisoblanadi. Corel
Draw dasturining imkoniyatlari unda turli xil grafik kompozitsiyalarni
yaratishga yordam beradi. Ayniqsa dinamik interaktiv instrumentlar,
turli hil effektlar va grafik ma'lumotlarni HTML va PDF formatlarida
tayyorlash imkoniyatlari yaratilgan. Bundan tashqari Corel Draw grafik
muharririda ranglar palitralarida turli hil ranglarni tanlash mumkin.
Shuningdek turli formatlar bilan ishlashda yordam beruvchi turli
instrumentlar, import va eksport uchun zarur bo`lgan ko`plagan filtrlar,
tasvirni nashr qiluvchi vositalar ijodkor uchun eng yuqori ijodiy muhit
yaratib beradi.
Har yangi versiyalarda CorelDraw dasturida vektorlar bilan
ishlashda yangidan yangi qulayliklar yaratiladi. Hamda interface
yaxshilanadi. Yangidan yangi funksiyalar yaratildi, siz interfaceni
o‘zgartirish, menyulardagi buyruqlarni joylashishini o‘zgartirish
imkoniga egasiz. Hamda hamma tuzatmalarni saqlashingiz mumkin, har
gal dasturni yuklaganingizda o‘zingizni interfeysingiz bilan ishlaysiz.
52
Har bir ishni orqaga qaytarish imkoni yanada yaxshilangan. Dastur
yanada ko‘proq formatni qo‘llaydi. Oddiy figuralardan tashqari
avtofiguralar yaratishingiz ham mumkin. O‘chirg’ich hamda pichoq endi
rastorli ob’yektlar bilan ishlash imkoniga ega.
Matnlar bilan ishlash bir muncha yaxshilangan. Ko‘pgina tillarni
formatlash yaxshilangan. Ranglar bilan ishlashda ham foydalanuvchi
interfeysi
yaxshilangan.
Rangli
illyustratsitalar
bilan
ishlash
soddalashadi, hamda siz sifatliroq natijalarga erishasiz. Internet tasvirlar
yaratish ham ancha yaxshilangan. Corel Draw orqali nafaqat rasmlarni,
balki www sahifalarni qayta sozlab, internetga joylashtirish imkonini
beradi. Ayrim funksiyalar avtomatlashtirilgan, masalan, tugmalar
yaratib, siqchonchani tugmaga yurgizganda, rangini o‘zgarishi.
Har bir vektor formatdagi tasvirlar tuzatma kirib bo‘ladigan har xil
qismlardan tashkil topadi. Tasvirni tashkil etadigan bosh qismlar
ob’yektlar deyiladi. Ob’yekt tushunchasi Corel Drawda bosh tushuncha
hisoblanadi. Ob’yektlar quyidagilardir: to‘g’ri chiziq, aylana, to‘gri
to‘rtburchak, egri kontur, yopiq kontur, ko‘pburchak va hokazo.
Chunki bu ob’yektlardan yangi ob’yektlar yaratish mumkin. Corel
Draw ob’yektlar gruppasini yaratishi mumkin, bu gruppalar bilan bitta
ob’yekt ko‘rinishida ishlash mumkin. Tashqi ko‘rininishidan tashqari
vector grafikasi ob’yektlari birqancha xarakteristikalarga ega. Tepadagi
rasmda buni ko‘rishingiz mumkin. Hamma ob’yektningto‘gri yoki egri
chiziqlar, yani segmentlar bilan tutashgan birqancha tugunlari yoki
nuqtalari mavjud. Ob’yektning tashqi ko‘rinishini tugunlar kordinatalari
va segmentlar parametric belgilaydi. Ob’yektning ichini har xil turda
to‘ldirish mumkin. Ob’yekt segmentlari rangli tus bersa bo‘ladigan
konturdan tashkil topgan. Kontur qalinligini o‘zgartirish mumkin.
Konturlar ochiq va yopiq bo‘ladi. Bir nechi xil rangli, har xil qalinlikka
ega konturli ob’yekt bo‘lishi mumkin emas. Bunday tasvir yaratish
uchun har xil ob’yektlar yaratish lozim. Biz ob’yektlar tushunchasini
hammasini ko‘rib chiqdik. Chunki Corel Drawgadi asosiy ishlar
ob’yektlar bilan ishlashdan iborat.
Corel Draw muharrirni ishga tushirish uchun Corel Draw ning
belgisiga borib «sichqoncha»ni yoki Enter klavishini bosish kerak.
|