140
Dasturlar yaratish vositalari.
Ushbu vositalar dasturlar yaratishda
ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy
tizimlarni o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
kompilyator va interpretatorlar;
dasturlar kutubxonasi;
turli yordamchi dasturlar.
Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga
aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi
dasturlash tilida
yozilgan dasturning bevosita bajarilishini ham ta’minlaydi.
Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to‘plamidan
iborat.Dasturlar yaratish vositalariga Microassembler, CI, CI++, Delphi,
Visual Basic va boshqalar kiradi.
Dastur biror masalani yеchishda elеktron hisoblash mashinalari
bajarishi lozim bo‘lgan amallarning izchil tartibidan iborat. EHM uchun
dastur tuzish jarayoni dasturlash dеyiladi.
Dasturlash еchilishi kеrak
bo‘lgan masala algoritmini EHM tiliga, ya’ni «mashina tili»ga
o‘tkazishdir. EHM uchun dastur tuzish –
masalani еchish usulini
mashina buyruqlarining shunday majmui (dasturi)ga, kеltirish dеmakki,
bu
buyruqlar хotiraga joylashib, tartib bilan amalga oshadi va tеgishli
hisoblashlarni bajaradi.
Dostları ilə paylaş: