143
jarayoni komputer protsessori va OT talablariga mos ravishda amalga
oshiriladi. Shuning uchun, bir OT uchun kompilyatsiya qilingan
dasturning mashina kodi ikkinchi OT da ishlamaydi. Ushbu turdagi
tillarga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin: C, C++, Pascal
va h.k.
Microsoft Windows OTlarida kompilyatsiya qilingan dastur nomi
*.exe ko‘rinishidagi fayl bo‘ladi. Linux, Unix(va shularning
davomchilari) kabi OT larda esa fayl kengaytmasining ahamiyati yo‘q.
Kompilyatsiya qilinuvchi dasturlash tillarining asosiy yutuqlaridan biri -
u OT dan boshqa biror dastur yoki kutubxona(Library, mas. DLL)
o‘rnatishni talab qilmaydi. Bundan tashqari, interpretatsiya qilinuvchi
tillarga nisbatan ancha tez ishlaydi.
Interpretatsiya qilinuvchi dasturlash tillarida tuzilgan dastur kodi
kompilyatsiya qilinmaydi. Ushbu turdagi dasturni ishlatishdan oldin
dastur kodi interpretatsiya qilinadi. Interpretatsiya qilinuvchi dasturlash
tillarida tuzilgan dastur mos interpretator o‘rnatilgan komputerlardagina
ishlaydi. Ushbu turdagi dasturlash tillariga PHP, Python, Ruby kabi tillar
kiradi.
Interpretatsiya qilinuvchi dasturlash tillari kompilyatsiya qilinuv-
chilaridan, asosan, yozilgan dasturning deyarli hamma platformalarda
ishlashi bilan ajralib turadi. Dastur biror turdagi OT yoki protsessor
uchun yozilmaydi - faqat interpretatorgina turli platformalar uchun
yoziladi.
Interpretatsiya qilinuvchi dastur kodi bajarilishidan oldin
interpretator tomonidan oraliq kodga “kompilyatsiya” qilinadi. Shu
oraliq kod interpretator tomonidan bajariladi. Python kabi tillar oraliq
kodni saqlab qo‘yadi, dastur kodi o‘zgarmaguncha shu oraliq kodni
ishlatadi.
Dostları ilə paylaş: