O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   173
O‘rta 
darajadagi 
 


142 
Har bir til ham o‘z alfavitiga ega.
Agar tuzilgan dasturda alfavitda yo‘q xarf yoki belgilar uchrasa
mashina bunday belgini tushunmaganligi haqida xabar beradi. Biz 
ishlayotgan har qanday dastur biror - bir shaxs tomonidaaan yozilgan 
bo‘lib, ular dasturchilar deb aytiladi. Dasturchilar dasturni maxsus 
tillarda yozishadi – ularni dasturlash tillari deb aytishadi. Dastur 
ko‘rinishlariga nisbatan quyi va yuqori dasturlash tillari sinflariga 
bo‘linadi. Quyi dasturlash tillariga misollar “quyi darajadagi dasturlash”
assambler tilini keltirishimiz mumkin. Yuqori dasturlash tillariga Paskal, 
TSi, SQQ, C# tillarini keltirishimiz mumkin. 
Kompilyatsiya va interpretatsiya qilinuvchi tillar 
 
Dasturlash tillari komputerda bajarilishiga qarab kompilyatsiya 
qilinuvchi va interpretatsiya qilinuvchi tillarga bo‘linadi. 
Kompilyatsiya qilinuvchi dasturlash tillarida dastur kodi 
kompilyator tomonidan mashina kodiga o‘tkaziladi. Operatsion 
tizim(OT) esa, shu kodni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlataveradi. Kompilyatsiya 
Dasturlash tillari 
komputerda bajarilishiga 
qarab 
Kompilyatsiya 
qilinuvchi 
Interpretatsiya 
qilinuvchi 
ALGOL 
FORTRAN 
VISUAL 
BASIC 
 
. . .
C + + 
DELPHI 
PASCAL 
BASIC 
 
DASTURLASH 
TILLARI 


143 
jarayoni komputer protsessori va OT talablariga mos ravishda amalga 
oshiriladi. Shuning uchun, bir OT uchun kompilyatsiya qilingan 
dasturning mashina kodi ikkinchi OT da ishlamaydi. Ushbu turdagi 
tillarga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin: C, C++, Pascal 
va h.k. 
Microsoft Windows OTlarida kompilyatsiya qilingan dastur nomi 
*.exe ko‘rinishidagi fayl bo‘ladi. Linux, Unix(va shularning 
davomchilari) kabi OT larda esa fayl kengaytmasining ahamiyati yo‘q. 
Kompilyatsiya qilinuvchi dasturlash tillarining asosiy yutuqlaridan biri - 
u OT dan boshqa biror dastur yoki kutubxona(Library, mas. DLL) 
o‘rnatishni talab qilmaydi. Bundan tashqari, interpretatsiya qilinuvchi 
tillarga nisbatan ancha tez ishlaydi. 
Interpretatsiya qilinuvchi dasturlash tillarida tuzilgan dastur kodi 
kompilyatsiya qilinmaydi. Ushbu turdagi dasturni ishlatishdan oldin 
dastur kodi interpretatsiya qilinadi. Interpretatsiya qilinuvchi dasturlash 
tillarida tuzilgan dastur mos interpretator o‘rnatilgan komputerlardagina 
ishlaydi. Ushbu turdagi dasturlash tillariga PHP, Python, Ruby kabi tillar 
kiradi. 
Interpretatsiya qilinuvchi dasturlash tillari kompilyatsiya qilinuv-
chilaridan, asosan, yozilgan dasturning deyarli hamma platformalarda 
ishlashi bilan ajralib turadi. Dastur biror turdagi OT yoki protsessor 
uchun yozilmaydi - faqat interpretatorgina turli platformalar uchun 
yoziladi. 
Interpretatsiya qilinuvchi dastur kodi bajarilishidan oldin 
interpretator tomonidan oraliq kodga “kompilyatsiya” qilinadi. Shu 
oraliq kod interpretator tomonidan bajariladi. Python kabi tillar oraliq 
kodni saqlab qo‘yadi, dastur kodi o‘zgarmaguncha shu oraliq kodni 
ishlatadi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin