Scan Disk
dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va
asosiy diskdagi fayllarning xatoliklarini aniqlaydi. Bu dasturdan
ko‘pincha
WINDOWS
dan
notugri
chikkanda
(Kompyuterni
Pusk\Zaversheniye rabotы\ Vыklyuchit kompyuter
ketma-ketligi
dan o‘chirilmaganida) foydalaniladi . Buning uchun
Pusk/Programmы/
Standartnыye / Slujebnыye programmы
qism menyusida
Proverka
diska (Scan Disk)
bo‘limi nomi «sichqoncha» bilan 2 marta bosilsa,
ekranda bu dasturning muloqot oynasi xosil bo‘ladi . Bu oynada
tekshirilishi kerak bo‘lgan nomlarini tanlash mexanizmi aks ettirilgan.
Tekshirish ikki – Standart (
Standartnaya
) yoki to‘liq (
Polnaya
) rejimda
bajarilishi mumkin. Bu rejimlardan kerakligi va xatoliklarni avtomatik
tugrilash (
Ispravlyat oshibki avtomaticheski
) xolati tanlanib
Zapusk
tugmasi bosiladi.
Diskni defragmentasiya qilish (Defrag).
Ma’lum vaqt o‘tgandan
sung ko‘pchilik fayllar fragmentlarga ajratiladi va ular diskning har xil
bulaklarida joylashib qoladi, bu esa faylni o‘qish va saqlash ishlarini
sekinlashtiradi. Fayllarni bir joyga to‘plash va ularni siqish
jarayoni
defragmentasiya deb yuritiladi va bu jaroyon fayllarni yozish va
o‘kishni tezlashtirish imkonini beradi.
Defragmentasiya diska /Defrag
dasturi yordamida amalga
oshiriladi. Bu dastur ishlaganda, ekranda defragmentasiya oynasi
136
ochiladi va defragmentasiya jarayoni qanday kechayotgani prosentlarda
ko‘rsatilib turiladi.
1.3. Dasturlash tillari va ularning turlari. Dasturlash vositalari.
Fan va texnikaning keyingi yillardagi yutuqlarini juda ko‘p
hollarda dasturlash bilan bog’liq deb hisoblashadilar. Ammo bu to‘gri
emas. Birinchi va tuzilishi jihatidan murakkab bo‘lgan ko‘p maqsadli
hisoblash qurilmalari XIX asrda yaratilgan bo‘lib, ularga dastur tuzish
muammosiga birinchi bo‘lib Ada Lavleys (u Charlz Bebbidjning
«Difference Engine» hisoblash mashinasida ishlar edi) duch kelgan.
1949 yili birinchi dasturlash tili Short Code yaratilgan. Elektron
hisoblash mashinalarining dastlabki avlodlaridadastur tuzuvchilar
lasturlarni mashina kodlarida yaratishar edi. Tasavvur etish uchun
«Hello, word!» kabi matnni chiqarish uchun yaratilgan dasturning bir
qismini keltiramiz va siz uning naqadar dasturchi uchun noqulay ekanini
anglab etasiz.
Mashina kodlari keyingi yillarda dasturlash olamiga kirib
keluvchilar (elektronika sohasidagi nomutaxassislar) uchun noqulay
bo‘lgan. Ammo tez orada foydalanuvchila uchun tushunarli bo‘lgan
137
yuqori darajali dasturlash tillari yaratilib, dasturlash bilan shug’ul-
lanuvchidar safi kengayishiga sabab bo‘ldi.
Birinchi yuqori darajali dasturlash tillariga 20 asrning 50-yillarida
bo‘lib yaratilgan FORTRAN, Cobol va Algollarni keltirish mumkin. Bu
tillar shu kunlarda ham «yashab kelmoqdalar» va keyingi yillarda yara-
tilgan minglab dasturlash tillarining avlodlaridan hisoblanishadi.
Quyidagi kedtirilgan sxemada dasturlash tillarining qisqa tarixini
keltiramiz:
Dasturlash tillari ichida 1958 yilda yaratilgan Algol tili muhim
o‘rinni egallaydi. Uning yaratuvchilardan biri Djon Bekus Fortran
tilining asoschilaridan biri bo‘lgan. Algoritmic Language nomi bu
tilning algoritmlarni yozish uchun mo‘ljallanganligidan dalolat beradi.
Juda ham aniq mantiqiy tuzilishga ega bo‘lgan Algol tili ilmiy va
texnikaviy adabiyotlarda algoritmlarni yozish uchun qo‘llanila
boshlandi. Keyingi yillarda uning Algol 60 va Algol 68 versiyalari
yaratildi. Algol 68 foydalanish uchun noqulay holda yaratilgan bo‘lib
shveytsariyalik olim Niklaus Virt uning qabul qilinishiga o‘zining
noroziligini bildirdi. Shu bilan birgabu versiya qator dasturlash
tillarining yaratilishiga sababchi bo‘ldi. 1967 yili Niklaus Virt Algol W
nomli o‘zining versiyasini yaratdi. Ammo muallifga shu kungacha
mavjud bo‘lgan dasturlash tillaridagi noqulayliklar yoqmas (jumladan,
talabalarni dasturlar yaratish metodlaribilan tanishtirishda dasturlash
138
tillarining imkoniyatlaridan foydalanish) va u 1968 yili o‘zining
dasturlash tilini yaratishga kirishdi. 1970 yili dasturlash olamida ikki
olamshumul hodisa yuz berdi: birinchisi Unix operatsion tizimining
yaratilishi bo‘lsa, ikkinchisi Pascal dasturlash tilining yaratilishi.
Niklaus Virt bu tilni XVII asrning buyuk faylasuf va matematigi Blez
Paskal sharafiga Pascal dasturlash tili deb atadi. Dastlab, dasturlash
tilining to‘liq versiyasi SDC6000 kompyuteri uchun yaratilgan. O‘zining
aniqligi, mantiqiyligi va boshqa qator xususiyatlari bilan dasturlashni
o‘rgatishdagi imkoniyatlari bilan bu dasturlash tili o‘z o‘rnini topa oldi.
1975 yiliBill Geyts va Pol AllenBASIC dasturlash tili versiyasini,
Virthamda Yensen esa «Pascal User Manual and Report» tilini
yaratishdi. Keyingi yillarda bu dasturlash tillarining iurli versiyalari
yaratila boshlandi. Jumladan, kompyuter texnologiyalari sohasidagi
muhim hodisalaridan biriga aylangan 1983 yilda Borland firmasi
yordamida Filip Kan tomonidan yaratilgan Turbo Pascal dasturlash tili
shulardan biridir. Shu vaqtgacha bu tilning qator versiyalari ko‘zga
tashlandi
(1992
yili,
Borland
7.
0).
Jahondagi
mashhur
korporatsiyalardan biri bo‘lgan Borlando‘zining qator dasturlash tillari
turli opertsion tizimi uchun yaratgan va ulardan ayrimlari keltiramiz:
Operatsion tizimlar
Dasturlash tillari
MS-DOS
Turbo Pascal, Turbo S, Turbo Assembler
WINDOWS
Delphi, C++ Builder, JBuilder,
Linux
Kylix
Dasturlash tili-matnlarni yozish qoidalari tizimidan iborat bo‘lib,
kompilyator tomonidan bu matnlar aniq instruktsiyalar va kattaliklar
to‘plami sifatida taqdim etilishi zarur. Barcha dasturlash tillari
o‘zlarining mashina tiliga bog’liqlik darajasi bilan baholanadilar.
Mashina tiliga bog’liq tillarda instruktsiya va operandlar maxsus belgili
nomlar bilan ifodalanadilar. Masalan, Intel protsessori uchun assembler
tilida yozilgan dasturdan lavha keltiramiz:
139
Mashina tiliga bog’liq tillarning afzalligi yuqori darajadagi
dasturlarni yaratishda bo‘lib, bu dasturlar xotirada minimal hajmni
egallab, hisoblashlarni maksimal tezlikda bajaradilar. Ammo bu tillar
yordamida murakkab dasturlarni yaratish nihoyatda noqulay.
Dostları ilə paylaş: |