131
Buyruqlarni yozish;
Dastur xatoliklarini tekshirish;
Testdan o‘tkazish.
Dasturlash
- esa bu dastur tuzish jarayoni bo‘lib, u quyidagi
bosqichlardan iboratdir:
dasturga bo‘lgan talablar;
qo‘yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish;
dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish;
dasturni to‘g‘rilash va test o‘tkazish.
Dastur so‘zi ham buyruqlarning alohida blokini (berilgan kodini)
aniqlovchi so‘z, ham yaxlit holdagi bajariluvchi
dasturiy mahsulotni
belgilovchi so‘z sifatida ishlatiladi.
Bu ikki xillilik o‘quvchini chalg‘itishi mumkin. Shuning uchun
unga aniqlik kiritamiz. Demak dasturni yo dasturchi tomonidan
yoziladigan buyruqlar to‘plami, yoki amallar bajaradigan kompyuter
mahsuloti sifatida tushinamiz.
Dasturlash texnologiyalari
– dasturiy ta’minotning inqiroziga
javob sifatida yuzaga kelgan dasturlash texnologiyalari hisoblanadi. Bu
inqirozning sababi shunda ediki, strukturali dasturlash metodlari
murakkablik darajasi borgan sari ortib
borayotgan masalalar uchun
dasturiy ta’minot yaratish imkonini bera olmay qoldi. Buning natijasida
turli loyihalarni bajarish rejalari buzildi, qilinayotgan harajatlar
belgilangan byudjetdan ortib ketdi, dasturiy ta’minotning funksionalligi
buzildi, xatoliklari ortdi.
Dasturiy ta’minotning eng muhim tomonlaridan biri –
uning mu-
rakkablik darajasidir. Biror dasturchi sistemaning barcha hususiyatlarini
to‘liq hisobga ola olmaydi. Shuning uchun uni ishlab chiqishda dasturchi
va boshqa mutaxassislarning yirik jamoasi qatnashadi. Demak, qo‘yil-
gan masalaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan murakkabliklarga ana
shu jamoaning ishini bir maqsadga qaratilgan boshqarish ham qo‘shila-
di. An’naviy dasturlash tillarida bunday murakkabliklarni hal qilishda
“ajrat va boshqar” prinsipidan foydalanilgan.
132
Ya’ni, masala kichik-kichik
masalalarga ajratib, keyin har bir
masala uchun alohida dastur ishlab chiqilgan va birlashtirilgan.
Dasturchilar tomonidan ma’lum bir soha o‘rganilib, uning alohida
ob’ektlari ajratib olingan. Bu ob’ektlar uchun masalalarni yechishda
qo‘llash mumkin bo‘lgan hususiyatlar aniqlangan. Ehtiyojga qarab har
bir hususiyat ustida bajarish mumkin bo‘lgan amallar aniqlangan.
So‘ngra o‘rganilayotgan sohaning har bir real ob’ektiga
mos dasturiy
ob’ekt ishlab chiqilgan. Ma’lumki, kompyuter yordamida hal
qilinadigan har bir masala uchun maxsus dastur ishlab chiqish yozish
talab qilinadi. Bunday masalalar sinfining kengayib borishi albatta
yangi-yangi dasturlar yaratishga olib keladi.
Yangi dasturlarni yaratish
uchun «eski» dasturlash tillarining imkoniyati yetmay qolganda yoki
dastur yaratish jarayonini mukammallashtirish uchun yangi dasturlash
tiliga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu masalani albatta malakali va tajribali
dasturchilar yoki dasturchi guruhlar tomonidan hal qilinadi.
Ana shu
dasturchilarni
yetishtirish
bugungi
kunda
informatika
fani
o‘qituvchilarining eng asosiy masalasi hisoblandi
Dostları ilə paylaş: