O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   173
 
Ob’ekt
. Oldimizda turgan o‘rik mevasini dasturlash terminolo-
giyasi orqali ko‘raylik. An’anaviy dasturlashda biz uni qismlarga bo‘lib 
o‘rganganmiz: S-o‘rik po‘stining yuzi, J – o‘rik mevasidagi sharbat 
hajmi, F – po‘st orasidagi meva og‘irligi, D-danak og‘irligi va h.k. Endi 
ana shu o‘rikga rassom ko‘zi bilan qaraylik. O‘rikning rasmi bu meva 
emas, balki o‘rik mevasining yassi tekisliklikdagi tasviridir. Uni har biri 
alohida va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan biror ma’lumotlar segmentida 
turgan bir nechta ma’lumotlardan iborat bo‘lgan ko‘rinishda abstract-


145 
siyalash mumkin emas. O‘rikning komponentalari doimo birgalikda va 
bu komponentalar orasidagi o‘zaro aloqalarni saqlagan holda qaraladi.
Ob’ekt - 
biz yashayotgan o‘rikdagi biror elementga hos bo‘lgan 
barcha ma’lumot va hulqlarni, ya’ni shu element ustida bajarish mumkin 
bo‘lgan 
harakatlarni 
ifodalaydi hamda ma’lumotlarning tugal 
abstraksiyasidan iborat bo‘ladi. Bu ma’lumot va hulqlar ob’ektga 
yo‘naltirilgan dasturlash atamashunosligida mos ravishda 
xususiyat 
va 
metod 
deb ataladi. Xususiyatni ob’ektning 
maydoni 
deb ham yuritiladi. 
Masalan, shashka ob’ekti rang, vertical maydondagi o‘rni, gorizontal 
maydondagi o‘rni kabi maydonlarga, surish, urish, «damka» ga chiqish, 
shashka taxtasidan chetga olish kabi metodlarga ega bo‘ladi. Maydon va 
metodlar birgalikda ob’ektning a’zolari deyiladi. Ob’ektlarning struk-
turasi ularning o‘zaro aloqasini ifodalaydi. 
 
Sinf. 
Har bir ob’ekt qandaydir bitta sinfga ta’luqli bo‘ladi. Sinf – 
bu murakkab struktura bo‘lib, o‘z ichiga ma’lumotlarni, protsedura va 
funksiyalarni ifodalashdan tashqari, sinflarning vaqili bo‘lmish ob’ektlar 
ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan amallarni ham oladi. Sinfdagi 
ma’lumotlar maydonlar, protsedura va funksiyalar esa metodlar deb 
ataladi. Sinfning strukturasi tushunchasi ham muhim hisoblanadi. U 
tizim ichidagi vositalar boyligini namoyon qiladi. Ma’lumki, biror 
yaproqdagi fotosintez jarayonini o‘rganish uchun shu yaproqdagi bitta 
hujayrani ko‘rish yetarli, chunki, qolgan hujayralar ham o‘zini ana shgu 
o‘rganilgan hujayra kabi tutadi. Biz ham biror sinf, tur yoki bo‘limga 
mansub bo‘lgan ob’ektni ko‘rar ekanmiz, faraz qilishimiz mumkinki, 
uning hulqi ham shu turdagi boshqa ob’ektlarniki kabi bo‘ladi. 
Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash bizning hulqimizga o‘xshab 
ketadigan dasturlash usulini ifodalaydi. U dasturlash tillarini ishlab 
chiqishdagi yangiliklarning tabiiy evolyutsiyasi hisoblanadi. U barcha 
avvalgi dasturlash tillariga qaraganda strukturaliroq, ma’lumotlarni 
abstractlashga urinishda abstraktliroq va modulliroqdir. 
Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash o‘zining uchta asosiy hususiyat-
lari bilan xarakterlanadi: 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin