144
6.
UnEruSE dasturidan foydalanish tartibini tushuntiring?
7.
Buzilgan fayllar va disklarni tiklash
8.
Diskni defragmentasiya qilish qanday bajariladi?
9.
Dasturlash tillari va ularning turlari haqida ayting.
10.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari nima uchun
ishlatiladi?
11.
Dasturlash texnologiyasining vositalarini aytib bering?
12.
Case-texnologiyalari nima?
13.
Kompilyator va interpretator nima?
14.
Dasturlash tillarining sintaktik jihatdan turlari qanday?
2§.
Yuqori darajali dasturlash tillari va ularning turlari
2.1.Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalarining asosiy
tushunchalari
Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash –
bu dasturlashning shunday
yangi yo‘nalishiki, dasturiy sistema o‘zaro aloqada bo‘lgan ob’ektlar
majmuasi sifatida qaraladi va har bir ob’ektni ma’lum bir sinfga mansub
hamda har bir sinf qandaydir shajarani hosil qiladi deb hisoblanadi.
Alohida olingan sinf ma’lumotlar to‘plami va
ular ustida bajariladigan
amallarning to‘plami sifatida qaraladi. Bu sinfning
elementlariga faqat
shu sinfda aniqlangan amallar orqali murojaat qilish mumkin.
Dasturdagi ma’lumotlar va ular ustida bajariladigan amallar o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlik an’anaviy dasturlash
tillariga nisbatan dasturiy
sistemalarning ishonchliligini ta’minlaydi. Ob’ektga yo‘naltirilgan
dasturlashning eng asosiy tushunchasi ob’ekt va sinf hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: