O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   173
 
3. Polimorfizm 
– harakatga biror nom berish hamda undan birga-
likda ob’ektlar shajarasining quyi va yuqori qismlarida foydalanish. 
Bunda shajaraning har bir ob’ekti bu harakatni o‘zi uchun hos bo‘lgan 
usul bilan bajaradi. Polimorfizm – bu turli sinflarga kirgan metodlar 


147 
uchun bir hil nomlardan foydalanish imkoniyatidir. Polimorfizm 
konsepsiyasida ob’ektga nisbatan metod qo‘llanganida aynan ob’ekt-
ning sinfiga mos keluvchi metoddan foydalanishni ta’minlaydi. 
Object Pascal dasturlash tili ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashga 
hos bo‘lgan barcha vositalarni bera oladi: strukturalilik, modullik, katta 
abstraktlilik. Bu xarakteristikalarning hammasi xizmat ko‘rsatish uchun 
juda ham sodda, osongina boshqa vaziyatlarga moslashtirila oladigan
kuchliroq strukturaga ega bo‘lgan kodlarda o‘z aksini topadi. Ob’ektga 
yo‘naltirilgan dasturlash uzoq yillar davomida an’anaviy, ya’ni standart 
hisoblangan dasturlashga nisbatan hos bo‘lgan tasavvurlarni bir chetga
qo‘yishni talab qiladi. Natijada ob’ektga yo‘naltirilgan dastur- lash juda 
ham sodda, ko‘rgazmaliligi yuqori bo‘lib, dasturiy ta’minot yaratishdagi 
ko‘plab muammolarni hal qilishning juda ajoyib vositasiga aylanadi. 
Yuqorida aytilgan fikrlarni hisobga olsak, ob’ektga yo‘nal-tirilgan 
dasturlash texnologiyalari quyidagicha masalalarni hal qilishi mumkin: 

an’anaviy dasturlash tillarida mavjud bo‘lgan kamchiliklarni 
bartaraf qilish; 

an’anaviy dasturlash tillari yordamida yechib bo‘lmaydigan yoki 
juda katta qiyinchiliklar bilan yechilishi mumkin bo‘lgan masalalarni hal 
qilish; 

qayta ishlash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va ularning turlari 
doirasi an’anaviy dasturlash tillariga nisbatan ancha keng; 

foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan muloqot interfeysini 
yaratish; 

kiritilayotgan va chiqarilayotgan turli turdagi ma’lumotlarni 
nazorat qilish; 

yangi turdagi ma’lumotlar, sinflar va modullarni osongina tashkil 
etish va ma’lumotlarni nazorat qilish; 

multimedia va animatsion vositalaridan foydalanib, turli darajadagi 
tovushli va harakatli effektlarni hosil qilish va qayta ishlash; 

ma’lumotlar bazasi va undagi ma’lumotlar ustida amallarni 
bajarish, SQL so‘rovnomalari yordamida ma’lumotlarni qidirib topish 
kabi masalalar juda osonlik bilan hal qilish


148 

OLE konteyneri yordamida WINDOWS muhiti uchun o‘ljallangan 

ilovalardagi ob’eklar bilan ishlash; 

foydalanuvchilar 
uchun 
yaratilgan 
dasturiy 
ta’minotdan 
foydalanish uchun yordamchi ma’lumotnomalar tizimini yaratish; 

dasturiy ta’minotni boshqa kompyuterlarga ko‘chirish uchun 
o‘rnatuvchi disklarni yaratish; 

dastur matnini tashkil qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
xatoliklar bilan ishlash masalasini hal qilish va x.k. 
Ko‘rinib turibdiki, yechilayotgan masalalarni an’anaviy dasturlash 
tillari yordamida yechishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kattakon 
bo‘shliqni ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalari to‘ldiradi 
hamda zamonaviy dasturlashning ko‘plab talablariga javob beradi. 
Shunday ekan, Oliy o‘quv yurtlarida an’anaviy dasturlash tillaridan voz 
kechib, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalarini o‘qitishga 
o‘tish tavsiya qilinadi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin