1-mavzu: Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o`rgatish metodikasi. O`nlik, yuzlik konsentrida arifmetik amallarni o`rgatish metodikasi. Arifmetik amallarni o`rgatishning umumiy masalalari. Reja



Yüklə 100,56 Kb.
səhifə1/4
tarix16.10.2023
ölçüsü100,56 Kb.
#156237
  1   2   3   4
1- ma\'ruza




1-mavzu: Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o`rgatish metodikasi. O`nlik, yuzlik konsentrida arifmetik amallarni o`rgatish metodikasi. Arifmetik amallarni o`rgatishning umumiy masalalari.
Reja
1. Arifmetik amallami o’rgatishda innovatsion ta'lim texnologiyasidan foydalanish.
2. “O’nlik” mavzusida arifmetik amallami o’rgatishda innovatsion ta'lim texnologiyasidan foydalanish.
3. “Yuzlik” mavzusida arifmetik amallami o’rgatishda innovatsion ta'lim texnologiyasidan foydalanish.
4. Og'zaki hisoblash malakalarini shakllantirish texnologiyasidan foydalanish metodlari.
Tayanch so’z va iboralar: innovatsion ta'lim texnologiyasi, abstrakt, qo’shish. Ayirish, component, yig’indi, ayirma.
O’quvchilarda og’zaki va yozma hisoblash ko’nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo’nalishlaridan biridir. Arifmetik amallami o’rganishdan oldin bolalar ongiga uning ma’nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli xil amaliy ishlarni bajarish asosida o’tkaziladi. Masalan, „o’nlik” mavzusini qo’shishi va ayirish amallarining ma’nosi 2 to’plam elementlarini birlashtirish va to’plamdan uning qismlarini ajratish kabi amaliy amallar yordamida olib boriladi. Ko’paytirishni uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bog’lanishlami o’rganish esa bo’lish amalini o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Demak, o’qitishning 1-bosqichida abstrakt bo’lgan narsa navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakllantirish uchun aniq asos bo’lib xizmat qiladi. Turli hisoblash usullarining o’zlashtirilishi uchun dasturda arifmetik amallaming ba’zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Masalan, 1-sinfda 10 ichida qo’shish va ayirishni o’rganishda bolalar qo’shishning o’mi almashtirish xossalari bilan tanishadilar. Dasturda arifmetik amallarning xossalarini o’rganishdan tashqari arifmetik amal hadlari va natijalari orasida bog’lanishlarni tanishtirishni ham ko’zda tutadi. Bu ish amallarni, tenglamalarni tekshirishda muhim axamiyatga ega.
Masalan, 6*4=24 bo’lsa, uni bo’lishga bog’lab 24:6=4, 24:4=6 kabi hollar hosil qilinadi.
Muhim vazifalardan biri hisoblash ko’nikmalarini shakllantirishdir. Og’zaki va yozma usulda hisoblashlar 1-4 sinfning har bir mavzusida o’z aksini topgan.

Yüklə 100,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin