146
bilan birgalikda olib boradi. Inkapsulyatsiya yashirish prinsipiga ham
ega bo‘ladi. Buning ma’nosi shuki, ob’ekt ustida bajarish mumkin
bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish vositalari shu ob’ektdan foydalana-
yotgan dasturchilar ko‘zidan yashirib qo‘yiladi.
Dasturchi faqat shu ob’ektning ayrim
metod va maydonlari bilan-
gina ishlay oladi. Boshqacha aytganda, barcha maydon va metodlar
ichki va tashqi guruhlarga bo‘linadi. Ob’ektning ichki a’zolari
dastur-
chiga «ko‘rinmaydi» va ob’ektning hulqi va imkoniyatlarini aniqlaydi,
tashqi a’zolari esa dasturchiga «ko‘rinib turadi» hamda ob’ektni
boshqarish imkonini beradi. Ob’ektning dasturchiga ko‘rinib,ob’ektni
boshqarishga yordam beradigan metod va maydonlari (hususiyatlari)
ob’ektning interfeysi deb ataladi. Dasturchi ob’ekt bilan ishlash uchun
uning interfeysini bilishi kifoya. Masalan,
yengil avtomobilni boshqa-
rishni o‘rganish uchun uning matorining ishlash prinsipi, g‘ildiraklar-
ning burilishini, tormoz mexanizmini o‘rganishning hojati yo‘q, rulni
burash, pedal yoki uzatmalar qutisi richagini bosishni bilish yetarli.
2
.
Vorislik
– yangi ob’ektni aniqlashga ehtiyoj paydo bo‘lganda
oldindan ma’lum bo‘lgan ob’ektlardan foydalanish. Ob’ektlar o‘zlarini
yaratishda ishtirok etgan ota ob’ektlarning xarakteristika va hulqlarini
meros qilib olishlari mumkin. OYD konsepsiyasi yangi sinflarni mavjud
sinflarga
yangi maydonlar, hususiyatlar va metodlarni qo‘shish orqali
yaratish imkonini ham beradi. Yangi sinflarni tashkil qilishning bunday
usuli yuzaga keltirish deb ataladi. Bu holda yuzaga kelgan yangi sinf
o‘zining bazaviy ota sinfiga hos bo‘lgan hususiyat va metodlarini meros
oladi.
Hayotdan misol qilib, hasharotlar sinfini olish mumkin.
U ikki guruhga bo‘linadi: qanotlilar va qanotsizlar. Qanotli
hasharotlar-ga kapalaklar, pashshalari, parvonalar va x.k. lar kiradi.
SHuning uchun, pashshalarni qaytadan qanotli deb ta’riflashning
hojati
yo‘q, u bu hususiyatni ota sinfi bo‘lgan qanotli hasharotlar sinfidan
meros qilib oladi.
Dostları ilə paylaş: