133
Bulardan tashqari fayllar joylashuvidagi o‘zgarishlar kompyuter
ishlashini bir qancha sekinlashtirishi mumkin.
Diskdagi axborotni tiklash
Ishlash jarayonida o‘chib ketgan katalog va fayllarni qayta tiklash
uchun quyidagi dasturlar ishlatiladi:
MS-DOS tarkibida kiruvchi Undelete dasturi
NORTON Utilites servis dasturi majmuasiga kiruvchi UnERASE
dasturi
PCTOOLS dasturi
O‘chib ketgan axborotni tiklashni muvaffaqiyatli
amalga oshirish
uchun diskka hech qanday axborot yozilmagan bo‘lishi kerak.
UnEruSE dasturi va uning ishlash tamoyili
Fayl yoki katalog o‘chirilganda, uni MS-DOS butunlay
o‘chirmaydi, balki uning nomidagi
birinchi simvolini ASCII
jadvalidagi 229 kodli simvol bilan almashtiradi. Keyingi o‘qishlarda bu
fayl joylashgan joy bo‘sh joy sifatida qabul qilinadi.
O‘chib ketgan faylni tiklash uchun bu dastur dastlab ko‘rsatilgan
katalogda bu fayl borligini aniqlaydi. Keyingi qilinadigan harakatlar
faylning o‘lchami va joylashuvi bilan bog’liq.
Agar fayl bir nechta ketma-ket keluvchi klasterlarni egallaydigan
bo‘lsa, bularning hammasini tiklanayotgan faylga beradi.
Agar fayl bir nechta tarqoq keluvchi
klasterlarda joylashgan
bo‘lsa, dastur bulardan bir- biriga yaqin keluvchi bo‘sh klasterlarni fayl
uchun birlashtiradi. Bunday holda kerakli klasterlarni qo‘lda ajratish
kerak.
O‘chirilgan fayllarni muvaffaqiyatli tiklashning
asosiy shartlariga
quyidagilar kiradi:
fayl klasterlarining uzluksiz joylashuvi;
faylga tegishli klasterlarning yangi yozilgan fayllar tomonidan
egallanib qolmasligi.
Dasturni ishga tushirish uchun UnEraSe yozib, Enter bosiladi.
Ekranda o‘chgan kataloglar va fayllarning ro‘yxati paydo bo‘ladi. Bu
ro‘yxat birinchi jadvalda ko‘rsatilgan ko‘rinishda bo‘ladi. Name
ustunidagi nomlar turli xil ko‘rinishda chiqarilgan bulishi mumkin.
134
Quyidagi hollar uchrashi mumkin:
nom to‘liq chiqarilgan - bu fayl SmartCan utiliti yordamida saqlab
qo‘yilgan va 100% tiklash
ehtimoli bor;
"?" simvoli bilan boshlanadi. Bu fayl o‘chirilgan bo‘lib 1-simvoli
ko‘rsatilgandan keyin tiklashga beriladi;
nom bosh xarflar bilan berilgan bo‘lsa bu katalog bo‘lib, unga
Enter knopkasi bosilsa, undagi fayllar ruyxati ekranga chikadi.
katalog nomi "?" bilan boshlanasa, bu o‘chirilgan katalog bo‘ladi.
Bashorat (prognoz)lar quyidagicha bo‘lishi mumkin .
Excellent - a’lo
Good - yaxshi
Average – o‘rta
Poor - yomon
Dostları ilə paylaş: