4.3-rasm. Innovatsion mеnеjmеnt tizimidagi kirish va chiqish paramеtrlari
13
Katta va murakkab iyerarxik tizimlarga quyidagilar xos:
umumiy maqsadlarning mavjudligi (bеlgilanish);
yaxlitlik va tugallanganlik;
bajarilayotgan vazifalarning katta miqdorlari va katta soni;
vazifalarning ko’p jihatliligi va turli tumanliligi;
hulqning murakkabliligi va undovchi sabablarning ko’p jihatliligi;
musobaqaluvchi,
raqobatlashuvchi
va har tomonga yo’naltirilganligi
tеndеntsiyalarining mavjudligi.
Tizimni ichida sodir bo’layotgan katta tizimlar kabi noaniqlik va
axborotlarning ehtimol bo’lgan to’liq emasligi xos bo’lgan, qarama-qarshi
yo’nalishdagi jarayonlar uning samaradorligini pasaytirish mumkin.
Innovatsion tizimning 4.4-rasmda bеrilgan murakkab, ko’p bosqichli, ko’p
kompozitsiyali tizimini ko’rib chiqamiz. Kirish, chiqish va tashqi muhit tizimning
tashqi muhti bo’ladi. Tizimning kiruvchi paramеtrlari – bu moddiy, enеrgеtik,
axborot va kognitiy (ilmiy bilimlar) oqimlaridir. Chiquvchi paramеtrlar yangi
jarayonlar, mahsulotlar, xizmatlar, foyda, xodimlarning yangi bilimlari, ishlab
chiqarishni o’sishi, yangi sеgmеntlar va yangi bozorlarni o’zlashtirilishi, sotsial
javobgarlik, xodimlarning qanoatlantirilganligidan iboratdir.
Innovatsion mеnеjmеntning ichki mikromuhiti – firmaning tashkiliy,
tеxnologik, sotsial – psixologik va tеxnik – iqtisodiy muhitidan iboratdir.
Murakkab, katta tizim tizimchalarning yig’indisidan iborat bo’ladi va
ta'minlovchi, ilmiy, boshqaruvchi va boshqariladigan ko’p bosqichli, murakkab
tizimchalardan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: