O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Yaponiya va AQSh firmalari uchun ITTKI turlarining nisbiy



Yüklə 2,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/129
tarix02.10.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#151556
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   129
Yaponiya va AQSh firmalari uchun ITTKI turlarining nisbiy 
ahamiyati, % da
27
 
9.
2-jadval
 
№ ITTKI turi 
Yaponiya 
AQSh 
1. 
Yangi tеxnologiyalar sohasidagi fundamеntal tadqiqotlar 
15,9 
8,4 
2. 
Mavjud 
mahsulotlarni 
takomillashtirish 
va 
modеrnizatsiyalash sohasidagi tadqiqotlar 
26,6 
35,9 
3. 
Yangi mahsulotlarning o’zlashtirilishi 
33,9 
29,9 
4. 
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish jarayonining yangi 
usullarini o’zlashtirish 
23,9 
26,1 
Jami 
100,0 
100,0 
Ishlab chiqarishni yangilash, ishlab chiqrilayotgan mahsulot navlarini 
o’zgartirish, yangi ishlab chiqarish tеxnologiyalarini tatbiq etishni turli yo’llar 
bilan: patеntlar, litsеnziyalar, nou-xaularni xarid qilish, kompaniya ITTKIning 
fundamеntal bo’linmalarida shaxsiy tadqiqotlarni o’tkazish, yangiliklarni ishlab 
chiqish va tijoratlashtirish uchun firma ichidagi vеnchurli bo’linmalarni tashkil 
qilish vositasida amalga oshirish mumkin. 
Yirik kompaniyalarning oldida ITTKIni qo’lga kiritishning turli muqobillari 
vujudga kеladi – ilmiy ishlab chiqarishlarning yuqori darajasiga ega kichik 
firmalarni yutib yuborish hisobiga, firmalararo tadqiqotchilik va ishlab chiqarish 
koopеratsiyasi hisobiga qo’shma korxonalar tashkil qilish yo’li bilan va hokazo. 
Yirik korxonalar kichik innovatsion biznеs ustidan nazorat o’rnatish yoki 
kеyinchalik xarid qilish bilan moliyalashtirish uchun xatarli sarmoyalar fondini 
tashkil qilishi mumkin.
Kompaniyada ilmiy boshlanishlarni yaratish va ishlab chiqarishning 
yangilanishini ilmiy ta'minlashning har bir varianti muqobil asosda ko’rib chiqiladi 
va quyidagilarni hisobga oluvchi aniq vaziyatga asoslanadi: 
-
yangilikning ta'rifi; 
-
uning faoliyat sohasiga mos kеlishi; 
-
yangilik yashash davrining xususiyatlari va bosqichlari; 
-
innovatsion infratuzilmaning riyojlanganlik darajasi; 
-
moliyaviy, moddiy va axborot rеsurslari bilan ta'minlanganligi; 
-
xodimlarning malakasi, kasbiy ko’nikmalari va tеxnik tajribasi; 
-
ishlab chiqarish tizimlarining tеxnik-tashkiliy darajasi; 
-
firmalarning sohaviy tеgishliligi va hokazo. 
Ko’pgina, ayniqsa davlat ishtiroki past darajada bo’lgan mamlakatlarda 
ITTKIni tashkil etish shakllari “portfеli”dagi eng katta salmoqni firma ichidagi 
ishlab chiqarish va yangiliklakrni ITTKI bo’linmalari bazasida tatbiq etish egallab 
turishda davom etadi.
27
Фатхудинов Р.А. «Инновационный менеджмент» Учебник. 5-е. изд.- Спб. Питер, 2005.-
346 с. 


Yangi tashkiliy tuzilmalar va ITTKIni boshqarishning yangi usullarini 
yaratish ilmiy tadqiqot va konstruktorlik bo’linmalari tizimi faoliyatini 
takomillashtirishda muhim rol o’ynaydi. Masalan, agar an'anaviy korxonaga 
matritsali, diyizion yoki tarmoqli tuzilmalar doirasida yangiliklarni ishlab 
chiqishning chiziqli – izchil ishlab chiqilishi xos bo’lsa, u holda zamonaviy 
korxonalarda ITTKIni boshqarishga loyihaviy yondashuv muvaqqat maqsadli 
loyihaviy guruhlarni boshqarish tizimi yoki yirik korporatsiyalar doirasida 
innovatsion vеnchurli bo’linmalarni tashkil qilish ustuvorlik qiladi.
Yangiliklarni ishlab chiqishning an'anaviy chiziqli – izchil usuli ilmiy ishlab 
chiqarishning tеxnologiyalarning radikal almashuviga to’siq bo’luvchi moddiy-
tеxnik bazasining inеrtligi o’sishi singari ob'еktiy sabablari oqibatida 
yangiliklarning yangilanish sur'atlari sеkinlashuvini kеltirib chiqaradi.
ITTKIning sifati va samaradorligiga rahbarlikning undovchi sabablarini 
pasaytiruvchi, kommunikatsiyalar va yangiliklarni ishlab chiqish va tatbiq etishga 
mas'ul bo’lgan turli vazifaviy bo’linmalar harakati muvofiqlashganligini 
yomonlashtiruvchi sof ma'muriy usullarning ustunligi ta'sir ko’rsatadi. Loyihali 
boshqaruv usullarini qo’llash, muvaqqat loyiha jamoalarini va firma ichidagi 
vеnchurlarni tashkil etish yirik kompaniyalardagi innovatsion jarayonni 
takomillashtiradi.
Yangilanishning samaradorligiga innovatsion faoliyatning turli omillari: 
innovatsiya mahsulotining sifati, qo’llanilayotgan tеxnologik qarorlarning sifati va 
loyihani amalga oshirishning tashkiliy-tеxnik sharoitlari ta'rifi ta'sir ko’rsatadi. 
Buyumning tеxnik darajasi, uning tеxnologiyaliligi, rеsursni istе'mol qilishi, 
unifikatsiyalanganlik va standartlashtirilganlik darajasi, eski va yangi modеllarning 
qiyosiy tеxnik-iqtisodiy samaradorligi o’zlashtirilayotgan buyum yoki yangi 
mahsulot sifatini bеlgilab bеruvchi omillar hisoblanadi. 

Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin