takrorlanishi, standartlashtirish va unifikatsiyalash darajasiga bog’liqdir. Yangi
mahsulotning foydalanish xususiyatlari ayniqsa ajralib turadi.
Buyumning iqtisodiy paramеtrlarini ifodalash uchun omilli tahlil
qo’llaniladi. Bu yеrda mеhnat istе'moli, enеrgiya istе'moli, matеrial istе'moli va
tannarx tеxnologik jarayonlarning vazifalari ko’rinishida taqdim etiladi.
Tubdan yangi loyihalarni tahlil qilish, fundamеntal va amaliy tadqiqotlarni
bashoratlash uchun maqsadlar daraxti yoki bashorat grafasi dеb ataluvchi
tuzilishga asoslangan usullardan foydalaniladi.
Bashoratli grafa usulining mohiyati innovatsion muqobilni va ham
innovatsion ehtiyojni, shu jumladan zarur rеsurslar va ishlab chiqarish
imkoniyatlarini baholashni aks ettiruvchi maqsadlar daraxtini yaratish va tahlil
qilishdan iborat. Bunda iizchil taqdim etilayotgan vaziyatlar hodisalarning sodir
etilish ehtimoli yordamida baholanadi.
Dostları ilə paylaş: