Sertifikatlashtirish, sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushu
SERTIFIKATLASHTIRISH, SERTIFIKATLASHTIRISH BO‘YICHA ASOSIY TUSHUNCHALAR, ATAMALAR, SERTIFIKATLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA RESPUBLIKA QONUNI Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar va atamalar Hozirgi vaqtda sertifikat degan atamani tez-tez uchratib turamiz. Bu qanday atama deb so‘rasangiz turlicha talqin olishingiz mumkin: kimdir biror malaka olganlik to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjat desa, yana kimdir, mahsulotni sifati to‘g‘risidagi hujjat, ba’zi birlar esa mahsulotni hududimizga olib kirish yoki olib ketish uchun bojxonaga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan hujjat deb ta’rif beradi. O‘ylaymizki, ushbu amaliy darsdan so‘ng ushbu atamaga albatta aniq va mukammal javob topasiz.
Sertifikat so‘zining ma’nosini keltirishdan oddin mavzudan biroz chetga chiqamiz.
Ma’lumki, SHarq, jumladan O‘zbekistonimiz chet ellarda nafaqat go‘zal tabiati va mehnatsevar xalqi bilan, balki o‘zining ko‘zni qamashtiradigan, rang-barang meva, sabzavot va turli mahsulotlarga serob bozorlari bilan ham mashhurdir. Bundan tashqari, bizning bozorlardagi yana bir o‘zgachalik ham bor. Agar rastalar oralab yuradigan bo‘lsangiz, sotuvchilar, dehqonlar meva-chevalardan uzatib, tatib ko‘rishni taklif etishlarini guvohi bo‘lasiz (albatta, tatib ko‘rganlik uchun haq so‘ralmaydi). Buni tagida bir ma’no yotadiki, u ham bo‘lsa, mahsulotning sifatiga xaridorning o‘zi baho bersin, ya’ni, ishonch hosil qilsin.
Sertifikatlashtirish guvohlik berish, qayd yoki shahodat etish, ishonch bildirish ma’nolarini bildiruvchi certifus (lotincha) so‘zidan olingan bo‘lib, kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini uchinchi, holis va tan olingan tomon tarafidan tasdiqlaydigan faoliyatni bildiradi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi kerak. Sifat ko‘rsatkichlari esa ma’lum, belgilangan talablarga muvofiq mos kelishi lozim.
Muvofiqlik o‘z navbatida ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish mumkin.
“Sertifikatlashtirish” tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov tajribalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari” qo‘llanmasiga kirgazilgan.
Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashkilotining qo‘llanmasida “sertifikatlashtirish” atamasining faqatgina izohlari berilgan:
Sertifikatlashtirish umumiy atama bo‘lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlashtirishda muvofiqlikni sertifikatlash-tirish uchinchi tomonning qatnashishi va unga xolisona baho berish tushuniladi. Sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha yangi ta’minlovchining imkoniyatlarini sertifikatlashtirish tushuncha zaruriyatini tug‘dirmoqda.
Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko‘rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish belgilaydi.
Muvofiqlik bayonoti deb etkazib beruvchining maxsulot, jarayon va xizmatlarning aniq, bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to‘la-to‘kis muvofiqlik haqida butun mas’uliyatni o‘z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani so‘nggi vaqtlarda “o‘z -o‘zini sertifikatlashtirish” tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmoqda. O‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni o‘ziga olgan holda sertifikatlashtirishni o‘zi o‘tkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o‘z ustiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi.
Muvofiqlikni attestatlash uchunchi tomon tarafidan “sinov tajribasining bayonoti” tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo‘lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi.
Sertifikatlashtirish deganda mahsulot (buyum, mol) yoki xizmat muayan standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, molning) sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.
YAna bir zarur atamalardan biri sertifikatlashtirish tizimi bo‘lib u quyidagicha ta’riflanadi: Sertifikatlashtirish tizimi -muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir.
Sertifikatlashtirish tizimi atamasidan tashqari Sertifikatlashtirish sxemasi kiritilib, u mazmunan muvofiqlikning sertifikatlashtirilishini o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibini anglatadi.
Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish. sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq; guvohnoma talabkoriga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyatiga tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.