Qisqacha xulosalar: Innovatsion tashkilot o’z ichiga asosiy jihatni oladi:
innovatsion faoliyatning yangiliklarni ishlab chiqish, tadbiq etish va ishlab
chiqarishni birgalikda amalga oshiruvchi odamlarning birlashmasi bo’lgan sub’ekt;
tashkilotning innovatsion faoliyatdagi kerakli vazifalarni bajarishga
qaratilgan jarayonlari va harakatlari majmuasi;
tizimni ichki tartibga solinishi va uning elementlari va tizimchalari
o’rtasidagi o’zaro aloqalarni takomillashishini ta’minlovchi tuzilmadir.
Tashkiliy shakllar markazlashgan va markazlashmagan tuzilmalarning
hamkorligi asosida xo’jalik yuritishning yangi tamoyillari bilan yaqindan
bog’langan. Innovatsion riyojlanishning o’ziga xosligi shundan iboratki, u ikkita
qarama qarshi tendentsiyalarni hisobga olish zarurligiga asoslanadi.
Tashkiliy loyihalashtirish, yangi modellar va tuzilmalardan foydalanish
menejmentning muhim yo’nalishi bo’ladi.
Innovatsion tizimning xususiyatlari ikkita qarama qarshi tendentsiyalar: bir
tomondan markazlashganlikni tugatish va tabaqalashuv, boshqa tomondan
markazlashish va integratsiyalash jarayonlarining o’zaro hamkorliklarini
takomillashtirishga asoslanganlar.
Mavzuni mustaqil o’zlashtirish uchun savollar: 1.
Innovatsiyalarni tashkil qilish tushunchasiga nimalar kiradi?
2.
Tashkilotni sub’ekt sifatida va innovatsion faoliyatning jarayoni sifatida
ta’riflab bering.
3.
Innovatsion korxona faoliyatining sohasi nimadan iborat?
4.
“Tashkilot turi”ning innovatsiyalar yashash davrasi bosqichlari bilan
aloqasini bayon qiling.
5.
Ilmiy – texnik va innovatsion soha tashkilotlarining tasnifini bering.
6.
Zamonaviy innovatsion firma qanday xususiyatlar bilan ta’riflanadi?
7.
Innovatsion faoliyat turining korxona o’lchamiga bog’liqligini bayon
qiling. Kichik biznesning rolini yoriting.
8.
“Aqliy o’zini o’zi boshqaruvchi assotsiatsiya” nima?
9.
Innovatsion tashkilotlarning xususiyatlarini bayon qiling.
10.
Innovatsiyalardan sinergik samara nima?