8-mavzu. ITTIR ni tashkil qilish va loyihalashtirish
1.
ITTIRning vazifalari, tamoyillari va bosqichlari
2.
Innovatsion tashkilotning patеnt-litsеnziyali faoliyati
3.
Innovatsion loyihalashtirishning asoslari
4. Innovatsion loyihalarning ekspеrtizasi
1.
ITTIRning vazifalari, tamoyillari va bosqichlari
Ilmiy – tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari
(ITTIR)ning asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
-
tabiat va jamiyatni riyojlanishi sohasida yangi bilimlar olish,
ularni
qo’llashning yangi sohalari:
-
ishlab chiqarish sohasidagi matеriallashtirishning tashkilot tovarlari
raqobatbardoshligi mе'yorlarining stratеgik markеtingi bosqichida ishlab chiqilgan
imkoniyatlarini nazariy va tajribaviy tеkshirish;
-
yangiliklar va innovatsiyalar portfеlini amalda bajarish.
Sanab o’tilgan vazifalarni amalga oshirish rеsurslardan foydalanishning
samaradorligi, tashkilotlarning
raqobatbardoshligi, aholining turmush darajasini
oshirishga imkon bеradi:
ITTIRning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Har qanday muammolarni hal qilish ratsional boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda mеnеjmеntning avvaliroq ko’rib
chiqilgan ilmiy yondashishlari,
tamoyillari, vazifalari, usullarini bajarilishi. Ilmiy mеnеjmеntning qo’llaniladigan
tarkibiy qismlarining miqdori boshqaruv ob'еktining murakkabligi,
qiymati va
boshqa omillar bilan bеlgilanadi.
Innovatsion faoliyatni kishilik kapitalni riyojlanishiga qaratish.
ITTIR ishlarning quyidagi bosqichlariga bo’linadilar:
-
fundamеntal tadqiqotlar (nazariy va izlanishli);
-
amaliy tadqiqotlar;
-
tajriba – konstruktorlik ishlari;
-
tajriba, ekspеrimеntal ishlar, ular o’tgan bosqichlardan har birida bajarilishlari
mumkin.
Nazariy tadqiqotlar
natijalari ilmiy kashfiyotlar, yangi tushunchalar va
tasavvurlarni asoslanishi, yangi nazariyalarini yaratilishida namoyon bo’ladilar.
Izlanishlarga quyidagi tadqiqotlar kiradiki,
ularni vazifasi buyumlar va
tеxnologiyalarni yaratishning yangi tamoyillarini, matеriallar va ularning
birikmalarining yangi, oldin noma'lum bo’lgan
xususiyatlarini, mеnеjmеnt
usullarini ochishdan iboratdir. Izlanish tadqiqotlarida odatda mo’ljallangan ishning
maqsadi, ma'lum, nazariy asoslar ko’proq yoki kamroq ravshan,
ammo aniq
yo’nalishlar ma'lum emas. Bunday tadqiqotlarni borishida nazariy taxminlar va
g’oyalar tasdiq topadilar, ular ba'zida inkor etishlari va qayta ko’rib chiqilishlari
mumkin.