282
qurilmalarsiz o‘tkaza olmay qoldik, ulardan foydalanib, turmushimiz
mazmunini boyitamiz, ish va ta’lim olishdagi vazifalarimizni
yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida ta’lim
tizimida ham turli fanlarni o‘qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish
dolzarb masala hisoblanadi. AKT nafaqat o‘quvchilarda
bilim va
malakalarini shakllantirishga, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini
rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi.
Keyingi davrlarda ko‘plab psixologik va ilg‘or pedagogik sohalarda
chop etilayotgan maqolalarda, AKT o‘quvchilarning bilimi, ijodiy
tafakkurini rivojlantirishi haqidagi fikrlar ta’kidlanayotganining guvohi
bo‘lmoqdamiz. AKT imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim jarayonida
beriladigan axborotlar doirasini boyitish va o‘quvchilar
tomonidan
qiziqish bilan o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Ta’lim jarayoniga
AKTning joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga xos bo‘lgan
ta’limga yangicha yondashuv shakllana boshladi.
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — inson hayotida egallaydigan
bilimlar olamining poydevori bo‘lib hisoblanadi, kelajakda o‘zlashtirib
boradigan fanlarga, umuman o‘qishga qiziqishi aynan bolaning ilk
o‘qituvchisi, boshlang‘ich sinflarda egallagan savodxonligiga bog‘liq
bo‘ladi. Shu sababli ham boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi zimmasiga
katta mas’uliyat yuklanadi. Ilgari boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi asosan
o‘qish, yozish, dastlabki matematik bilimlarni o‘zlashtirishi kerak deb
qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘quvchini
fikrlashga, faollikka,
mustaqillikni rivojlantirishga va bilimlarni mantiqiy jihatdan mukammal
egallashga undovchi ta’lim jarayonining muhim bosqichi sifatida
yondashilmoqda. Shu sababli ham ta’lim jarayonining qiziqarliligi va
samarasini yanada oshirish zarurati yuzaga keladi va bunda mazkur
jarayonga AKTni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining faoliyati eng avvalo, jajji
o‘quvchi-bolajonlarni ta’lim muhitiga moslashtirish bo‘lib hisoblanadi.
Ularda o‘qish jarayoniga qiziqish hamda zamonaviy o‘quvchilarga zarur
bo‘lgan xususiyatlarni shakllantirish, ta’lim jarayonining o‘ziga xos
jihatlari bilan tanishtirish birinchi o‘qituvchining vazifasi bo‘lib
hisoblanadi. Hozirgi davr boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi o‘quvchi-
bolalarni zamonaviy axborot jamiyati sharoitlarida o‘qitish, ta’lim va
tarbiya berish, ularga dastlabki bilimlarni
zamon ruhiga muvofiq
ravishda, yetkazib bera bilishi zarur. O‘qitishning asosiy maqsadi —
o‘quvchi bolalarning bilimlarni o‘zlashtirish hamda ta’lim jarayonida
283
olgan axborotlardan amaliy foydalanish jarayonlarini ham anglab
borishga o‘rgatishdan iborat.
Ma’lumki, bugungi kunda deyarli ko‘pchilik zamonaviy o‘quvchi-
bolalar umumta’lim maktablari ostonasiga qadam qo‘ygunga qadar,
oilada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan tanish
bo‘lgan, hatto ulardan foydalana biladigan holda kelmoqdalar. Ular
haqiqatdan ham axborot asrida tug‘ilib, hali atrof-olamni anglamay
turib, zamonaviy aloqa qurilmalari, kompyuter va boshqa gadjetlarni
ko‘rib, ularning funksiyalari bilan tanish bo‘lgan holda ulg‘aymoqdalar.
Bunday vaziyatda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining eng muhim
ahamiyatga molik vazifalari — bu o‘quvchilarga
mazkur qurilmalar,
ulardan foydalanish me’yorlari haqida ilk tushunchalarni berishdan
iborat. O‘quvchilarda axborotlar olamidan o‘zlariga taalluqli
axborotlarni to‘g‘ri tanlay bilish dastlabki salohiyatini shakllantirishda
birinchi o‘qituvchining o‘rni muhim ahamiyatga molik. Bunda nafaqat
o‘qish, ta’lim va tarbiya jarayonida tushuntirish ishlari, balki
boshlang‘ich ta’lim muassasasining AKTdan foydalanish darajasi, o‘quv
dasturidagi boshqa asosiy fanlarni o‘qitish jarayoniga ham AKTni joriy
etib borish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayoni o‘qituvchilari zamon talabiga mos
dars o‘tishlari uchun AKT sohasida salohiyatga ega bo‘lishlari zarur. Bu
hozirgi davrda uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biridir.
Umumiy ma’noda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasidagi
salohiyati tushunchasida insonning AKT savodxonligi, ya’ni kundalik
hayotida ham, kasbiy faoliyatida ham undan to‘g‘ri foydalana olish
qobiliyati nazarda tutiladi.
Pedagogning AKT sohasidagi bilimlari salohiyati ularning ushbu
sohada malaka oshirishlari orqali amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflar
o‘qituvchilari muntazam ravishda, AKT bo‘yicha malaka oshirishlari,
shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimi talablariga muvofiq bo‘lish uchun
mustaqil ta’lim orqali ham o‘z bilimlarini oshirishlari zarur. Bundan
tashqari,
o‘qituvchilar Internet vositasida
turli ilmiy-amaliy
konferensiyalar, seminarlar materiallaridan foydalanishlari, hamkorlar
bilan tajriba almashish maqsadida hozirgi davrda kengayib borayotgan
o‘qituvchilar forumlaridan foydalanishlari ham foydadan holi
bo‘lmaydi.
Shunday qilib, AKTni joriy etish va Internet tarmog‘idan
foydalanish o‘qituvchi kasbiy mutaxassislik sohasida quyidagi
imkoniyatlarni taqdim etadi:
284
o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi;
o‘qituvchining o‘z kasbiga ijodiy yondashuvi uchun ko‘plab
imkoniyatlar taqdim etadi;
o‘qituvchining mustaqil ta’lim olishi, masofaviy malaka
oshirishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: