250
5) aloqa uchun (Internet, elektron pochta, Skype, Suhbat va
boshqalar);
6) grafika va ovozni qayta ishlash va takrorlash uchun (Microsoft
Media Player, zplayer, CorelDraw, PhotoShop rasmlarni ko'rish
dasturi), diagrammalar, chizmalar va grafikalar yaratish uchun
dasturlar (Visio va boshqalar).
Hozirda kompyuterni qo’llashda ko’pgina foydalanuvchilar uchun
yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim
ahamiyatga ega.
Uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan kompyuterlar majmuiga
kompyuter tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni
axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog’i
resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi. Kompterlarning
tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob uskunalar - katta hajmli disk,
printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli
vositaga va ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi.
Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan
umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishini ta’minlash
va ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoyalangan holda
axborotdan jamoa bo’lib foydalanishni tashkil etish. Mahalliy
tarmoqlarida foydalanuvchilar ishlashi uchun ma’lumotlarning umumiy
bazasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarida yagona ilmiy, iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.h
Kompyuter tarmoqlarni ko’pgina belgilar, xususan hududiy
taqsimlanishi jihatidan klassifikasiyalash mumkin. Bunga ko’ra global,
mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlarga farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: