G l o b a l t a r m o q l a r
butun dunyo bo’yicha tarmoqdan
foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10-15 ming
kilometr uzoqlikdagi KOMPYuTER va aloqa tarmoqlari uzellarini
birlashtiruvchi sputnik aloqa kanallaridan foydalanadi. Masalan,
INTERNET tarmog’i.
M i n t a q a v i y t a r m o q l a r
uncha katta bo’lmagan mamlakat
shaharlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni bir-lashtiradi. Aloqa kanali
sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalanadi. Tarmoq uzellari
orasidagi masofa 10-1000 kilometrni tashkil etadi.
Kompyutern i n g l o k a l t a r m o q l a r i
bir korxona,
muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni
bog’laydi. Mahalliy tarmoqlar juda keng tarqalgan. Chunki 80-90%
axborotlar o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Mahalliy tarmoqlari har
251
qanday strukturaga ega bo’lishi mumkin. Lekin mahalliy tarmoqlardagi
kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan
bog’langan bo’ladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot
uzatish kanallarning bo’lishi - mahalliy tarmoqning ajralib turuvchi
xususiyati. Optik kanalda yorug’lik o’tkazgich inson soch tolasi
qalinligida yasalgan. Bu o’ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan
kabel.
Mahalliy tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa uncha katta
emas -10 km.gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa -20 km.
Mahalliy tarmoqlarida kanallar tashkilot mulki hisoblanadi va bu narsa
ularni ekspluatasiya qilishni osonlashtiradi.
Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet
protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining
butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning
asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq
protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy
oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va
xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda
oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri
servislaridan tashkil topadi.
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini
oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni,
zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar
oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi.
Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar
hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish,
qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush,
videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da
axborot almashinishga imkon yaratadi.
Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda
Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon
tarmoqlariga
ulana
boshladi.
Dastlab,
bunday
faoliyat
takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida
olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi.
AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy
kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi
qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi.
60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi.
Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik
252
olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi.
Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va
ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual
ulushiga bogʻliq boʻldi.
20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida
informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi.
Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols
(IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi.
IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani
koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib
borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil
qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol
(TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan
biri hisoblanadi.
Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH
mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib
esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va
tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).
80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha
rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan
informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori
ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln.
bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda
"Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar
oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida
Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda
Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.
Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi
rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat
yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq.
Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab
chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL)
kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar
"Internet Architecture Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul
qilinadi. 20-asrning oxirgi oʻn yilligida Internet tizimi beqiyos darajada
oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq
asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib
ularning
soni
oʻnlarcha
mln.gayetdi.
Internet
xizmatidan
253
foydalanuvchilar soni butun yer yuzi boʻyicha 160 mln. kishini tashkil
qildi (1999).
Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media
tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa "bogʻlash"ning
ancha takomillashgan usulini ishlab chikdi. U "World Wide Web"
("Jahon oʻrgimchak uyasi") tizimida oʻz aksini topdi. Bu tizim Internetni
oʻziga xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya
texnologiyalari, radio eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga
ega boʻldi. Endi Internet faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni,
rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz
berayotgan joydan toʻgʻridantoʻgʻri olib berishga ham qodir.
Dostları ilə paylaş: |