57
- Island guruhi (Icelandic). Shu yerda ta'kidlash kerakki, Datacrime
va island guruhiga mansub viruslar hozircha bizning mamlakatimizda
yo‘q.
Boot viruslari fayl viruslaridan tubdan farq qiladi. Boot
viruslarining soni fayl viruslariga qaraganda ancha kam va shuningdek,
ular sekinroq tarqaladi.
Fayl viruslari kabi ko‘p tarqalgan Boot viruslari ham shtammlarga ega.
Hozirgi vaqtda ushbu viruslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- Italiya guruhi. "Bxl-1S-a" deb nomlanuvchi uning birinchi vakili
1987 yilning oxirida paydo bo‘ldi;
- Pokiston guruhi. Bu guruhga Vgat 86 va Brain 88 viruslari kiradi.
Birinchi vakili Vgat 86 Pokistonning Lahor shaxrida 1986 yil topilgan.
Buzish darajasi bo‘yicha viruslarni shartli ravishda ikki turga -
"illyuzion" va "vandallar" ga bo‘lish mumkin. "Illyuzion" guruh
qandaydir yoqimli musiqa sadosi yoki namoyish orqali virusni yuqtiradi.
"Vandal" so‘zining o‘zbekcha lug‘aviy ma'nosi - madaniy
yodgorliklarni harob etuvchi, xuddi shunday "vandallar" dasturni harob
qiladi. Bu toifa viruslar yopiq holatda fayllarni bildirmasdan ishdan
chiqaradi. Tabiiyki, ham fayl tizimini, ham yuklash (Boot) cektoriga
zarar yetkazuvchi viruslar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: