Burmalarning eni va bo‘yi orasidagi munosabat bo‘yicha morfologik turlari. Lekin uning markazida yosh emas, balki nisbatan qari tog‘ jinslari yotgan bo‘ladi. Burmalar qanotlari orasidagi munosabatga qarab odatdagi, izoklinal va yelpig‘ichsimon turlarga bo‘linadi. Odatdagi burmalarda qanotlari qarama-qarshi tomonga yotgan bo‘ladi. Izoklinal burmalarda qanotlari bir-biriga paralleldir. Yelpig‘ichsimon burmalarda ularning qanotlari yelpig‘ichsimon tarzda yoki yoyilgan bo‘ladi. Burmalar eni bilan bo‘yi orasidagi nisbatga qarab cho‘ziq, braxiformali va gumbazsimon turlarga bo‘linadi . Cho‘ziq burmalarda ularning bo‘yining eniga nisbati 3 dan katta bo‘ladi. Braxiformali burmalarda bo‘yining eniga nisbati 3 dan kichik bo‘ladi. Gumbazsimon burmalarda burma eni bilan bo‘yi taxminan bir-biriga teng bo‘ladi.
Uzilmali strukturaning ko`rinishi Fleksuralar. Fleksura deb gorizontal yoki qiya yotgan qatlamlarning tirsaksimon buklanishidan hosil bo‘lgan pog‘onali strukturaga aytiladi. Fleksuralarda ustki yoki ko‘tarilgan qanot, pastki yoki cho‘kkan qanot va tutashtiruvchi qanot singari elementlar ajratiladi. Qiya yotgan qatlamlarda hosil bo‘lgan fleksuralar muvofiq va nomuvofiq turlarga bo‘linadi. Muvofiq fleksuralarda ustki, pastki va tutashtiruvchi qanotlari bir tomonga qarab yotgan bo‘ladi. Nomuvofiq fleksuralarda ustki va pastki qanotlar bir tomonga, tutashtiruvchi qanotlari esa, qarama-qarshi tomonga qarab yotgan bo‘ladi.Fleksuralar substrat yotqiziqlarida uzilmali strukturalar hosil bo‘lishi va ma’lum blokning cho‘kishi natija-sida paydo bo‘ladi. Lekin bunda fleksura hosil qiluvchi qatlam yaxlitligi buzilmasdan cho‘zilgan bo‘ladi.
Siljima struktalarning ko`rinishi Burmali strukturalar va fleksuralar tabiatda juda keng tarqalgan. Ular yer po‘stining tektonik rivojlanishi natijasida vujudga keladi va hududning geologik taraqqiyoti tarixini bosqichma- bosqich o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Bulardan tashqari ko‘pgina foydali qazilma boyliklarning hosil bo‘lishi va to‘planishi burmali strukturalarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Burmali strukturalarni va fleksuralarni har
tomonlama o‘rganish foydali qazilma konlarini qidirishda, razvedka va eksplutatsiya qilishda katta amaliy ahamiyatga ega. Uzilmali strukturalar (yer yoriqlari) yer po‘stida rivojlanadigan tektonik kuchlar ta’sirida sodir bo‘lib, burmali tog‘larda keng tarqalgan. Yer po‘stining yaxlitligi buzilishi orqali bir-biridan ajralgan bo‘laklari o‘zining fazoda tutgan o‘rni va surilishda qatnashish faolligi bilan ajralib turadi. Surilish yuzasi bilan ajralgan tog‘ jinslarining bo‘laklari surilmali strukturalarning bloklari yoki qanotlari deb ataladi. Uzilmali strukturalar yer yuzasidagi relef shakllari bo‘yicha yaqqol ko‘rinib turadi. Uzilmali strukturalarning surilish yuzasi tekis va notekis bo‘lishi mumkin. Birinchi holda u odatda silliqlangan bo‘ladi. Bunday silliq va yaltiroq yuza - sirpanish oynasi deb ataladi. Surilish yuzasi notekis bo‘lsa, o‘zaro xarakatda bo‘lgan bloklar orasida tektonik brekchiyalar hosil bo‘lishi mumkin. Tektonik brekchiyalarning harakatdagi bloklar orasida maydalanib ezilishi va zichlashishi oqibatida milonitlar hosil bo‘ladi. Tektonik brekchiyalar katta bo‘shliq hajmiga ega bo‘lganligi uchun ko‘p hollarda ularning ichiga gidrotermal eritmalar kirib, tomirli va ma’danli mineral yotqiziqlar hosil qiladi. Shuningdek tektonik brekchiyalar orasida yerosti suvlari, gaz va neft mahsulotlari to‘planishi mumkin. Uzilmali strukturada ko‘tarilgan blok yoki yotgan qanot, cho‘kkan blok yoki osma qanot, surilish yuzasi, surilish yuzasining yotish burchagi, surilish amplitudasi kabi elementlar ajratiladi Uzilmali strukturalar o‘zining xima-xilligi bilan ajralib turadi va bloklarning surilish yuzasi yo‘nalish chizig‘i bo‘yicha (gorizontal), surilish yuzasining yotish chizig‘i bo‘ycha (vertikal) va ularning har ikkisiga ham ma’lum burchak ostida (diagonal) harakatlanishi orqali bir-biridan farqlanadi.