Burmaning sharniri va qanotlari Qatlamlarning buklanish holatiga qarab burma sharniri gorizontal, qiya, egri va to‘lqinsimon bo‘lishi mumkin. Burma sharniri yordamida uning fazoda tutgan vaziyati aniqlanadi. Burma sharnirining bo‘ylama yo‘nalishda bir necha bor sho‘ng‘ishi va ko‘tarilishidan Burma undulyatsiyasi hosil bo‘ladi. Burma sharniri bilan uning gorizontal
tekislikka o‘tkazilgan proyeksiyasi orasidagi burchak burmaning sho‘ng‘ish yoki ko‘tarilish burchagi deyiladi. Har qanday burma o‘z o‘lchamlariga ega. Ularning eni, bo‘yi va balandligi bo‘ladi . Burmaning eni (kengligi) yondosh burmalar o‘q tekisliklari orasidagi masofadan iborat bo‘ladi.
Burmalar sharnirining planda va kesmada ko`rinishi Uning uzunligi qarama-qarshi tomonda burmada qatnashayotgan ma’lum qatlamning sho‘ng‘ish nuqtalari orasidagi masofaga teng, balandligi esa yondosh qarama-qarshi burmalar qulflari orasidagi vertikal masofaga teng bo‘ladi. Burmalarning morfologik turlari. Burmalar gorizontal tekislikka nisbatan qavariq-botiqligiga, o‘q tekisligining vaziyatiga, burma qanotlari orasidagi munosabatga, qulfining shakliga, eni bilan bo‘yi orasidagi nisbatga va boshqa hususiyatlariga qarab morfologik turlarga bo‘linadi. Burmalar o‘q tekisligining vaziyatiga qarab simmetrik va asimmetrik burmalarga bo‘linadi. Simmetrik burmalarda o‘q tekisligi vertikal joylashgan bo‘lib, ularning qanotlari bir xil qiyalik burchagiga ega bo‘ladi.
Burmalarning morfologik turlari: a-simmetrik burma: b- asimmetrik burma; v-yotuvchi burma; g-sho‘ng‘uvchi burma. Asimmetrik burmalarda esa o‘q tekisligi qiya yoki gorizontal yotgan bo‘lib, qanotlari turli qiyalik burchagiga ega bo‘ladi Asimmetrik burmalar orasida qiya, to‘ntarilgan, yotuvchi va sho‘ng‘uvchi turlari ajratiladi Qiya burmalarda qanotlari qarama-qarshi tomonga yotgan bo‘lib, burmalarda qanotlari bir tomonga yotgan va o‘q tekisligi qiya joylashgan bo‘ladi. Ularda to‘g‘ri va to‘ntarilgan qanotlar ajratiladi. Yotuvchi burmalarda o‘q tekisligi gorizontal yotgan bo‘ladi. Sho‘ng‘uvchi burmalarda o‘q tekisligining oldingi qismi pastga qarab engashgan bo‘ladi Ba’zi hollarda bunday burmalarning ustki qismi yuvilib ketishi natijasida ularning yadrosida, shakli bo‘yicha sinklinal burmani eslatuvchi qoldiqni kuzatish mumkin.