1-bola:
– Bugun biz barcha bayramlar ichra eng e‘zozlisi – O‗zbekiston
Mustaqilligini shodon nishonlaymiz!
2-bola:
– Farzand bo‗lib maqtayman,
Xursand bo‗lib maqtayman!
Shu o‗lka suvin ichdim,
Dilband bo‗lib maqtayman!
Onajon, O‗zbekiston!
Jonajon, O‗zbekiston!
(P.Mo‗min)
(O‗zbekiston haqida she‘rlar o‗qiladi. Qo‗shiq va raqslar ijro etiladi.)
Tarbiyachi:_–_Aziz_mehmonlarimizni_sayohat_qildirsak_bo‗lar_edi,_lekin_ularni_eng_avvalo_qayerga_olib_borsak_ekan_Bolalar'>Tarbiyachi:
– Aziz mehmonlarimizni sayohat qildirsak bo‗lar edi, lekin
ularni eng avvalo qayerga olib borsak ekan?
Bolalar:
–
Buxoroga,
Xivaga,
Samarqandga,
Surxondaryoga,
Toshkentga, Qo‗qonga, Andijonga...
Tarbiyachi:
– O‗zbekistonning eng chiroyli va qadimiy shaharlarini
tanladingiz-ku.
ammo ularga qanday borishni aytmadingiz!
Bolalar
:– Sehrli «qo‗qon arava»da!
92
Tarbiyachi:
– Xayolimdan ko‗tarilibdi, to‗g‗ri aytasiz, sehrli aravaga
chiqib, biz mehmonlar bilan bir zumda istagan joyimizga yetib
borishimiz mumkin. Qani, ayting sehrli so‗zlarni!
O‗rtaga «sehrli arava» chiqadi va bolalar mehmonlar bilan birga yo‗lga
otlanadilar.
Bolalar:
– Ezgulikdadir qudrat,
Dilda yo‗q gina-kudrat,
Yo‗l tanobin tortamiz,
Termizjonga boramiz!
Shu tarzda «sehrli so‗z»larning oxirgi satri o‗zgarib, istalgan viloyatga
borish mumkin. U yerda mehmonlarni raqs tushib, qo‗shiqlar aytib –
tantanali ravishda kutib olishadi. «Andijon polkasi», Xorazm «Lazgi»si
ijro etiladi va hokazo.
Tarbiyachi:
– Bolalar, men mehmonlarimizning bir siridan ogoh
bo‗ldim – ular sizlarga chiroyli sovg‗a tayyorlab kelishgan ekan. U nima
ekan deb o‗ylarsiz? Mana, ko‗ring! (Mehmonlar ijrosida arabcha,
turkcha va zamonaviy raqslar). Sovg‗alar sizlarga ma‘qul bo‗ldimi?
Mehmonlarimizga chin dildan «RAHMAT» aytamiz-a?! Rahmat
sizlarga, bizlarni juda xushnud etdingiz!
Bayramimiz yana davom etadi.
O‗zbek xalq kuylari sadosi ostida musiqa mehmon-xonasiga «Humo»
qushi uchib kirib, jozibali raqs ijro etadi. Unga milliy libosdagi qizlar
jo‗r bo‗ladilar va o‗yin so‗ngida tarbiyachi oldiga Humo qushini
yetaklab keladilar.
Bolalar:
– Qarang, bog‗chamizga Humo qushi uchib keldi! Tarbiyachi:–
Bu xushxabaringiz uchun rahmat! Humo qushi gerbimizdan joy olib,
O‗zbekiston yurtining baxt-saodat ramzini bildiradi, posboni sanaladi.
Uni sevib, ardoqlang, aziz bolajonlar! Mehr-oqibatli, mehnatsevar bo‗lib
kattalarni hurmat qilib, yurtimizning boyligiga boylik qo‗shib, Humo
qushini abadul-abadga saqlang! (Qo‗shiq ijro etiladi).
Barcha bolalar bayroq oldiga kelib, tantanavor holda turib O‗zbekiston
Respublikasi madhiyasiga jo‗r bo‗ladilar.
Tarbiyachi:
– Rahmat, dilbandlarim! Sizlar porloq diyorimizning
ertangi kunisiz! O‗zbekiston istiqlolining baxtli egasisizlar! Bayram
davom etadi, bizni bog‗ va tomoshagohlar kutyapti! Yuring, shahar
(qishlog‗imiz) ahliga qo‗shilib, umumxalq sayliga chiqaylik! Quvnoq
musiqa sadolari ostida mehmonlar va mezbonlar chiqadilar.
1-oktabr – «O‗qituvchilar va Murabbiylar kuni».
93
Boshlovchi:
Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar! Sizlarni
umumxalq bayrami – «O‗qituvchilar va murabbiylar kuni» bilan chin
yurakdan tabriklaymiz!
Sizdan boshlanadi asl tafakkur,
Munis muallimlar, sizga tashakkur!
(Abdulla Oripov)
Dostları ilə paylaş: |