91
har biri o‗ziga xos teran ma‘no tashiydi. («Yulduzchalar» davraga
tushib, navbatma-navbat gapirib beradilar).
Tarbiyachi:
– (bayroq oldiga kelib).«Yulduzchalar» to‗g‗ri aytishadi.
Bugungi kunda bayrog‗imizni dunyodagi aksariyat davlatlar, xalqlar
taniydi va biladi.
Bayramimizga ishtirok etib, shodligimizni baham
ko‗rayotgan mehmonlarimizni qutlaymiz. («Mehmonlar» turib ta‘zim
qiladilar).
«Munojat» kuyi yangraydi.
Tarbiyachi:
– (qadimgi kitobni qo‗liga olib, varaqlay boshlaydi).
Bunday tantanali kunda ota-bobolarimiz, o‗tgan davlat arboblari-yu
ulug‗ sarkardalarning nomlarini tilga olmaslikning iloji yo‗q.
Chunki
ular bizning faravon hayotimizni orzu qilib, bunday istiqlolga
erishishimiz uchun kurashib, bu yo‗lda ijod qilganlar. (Tarbiyachi
nomlarini eslagan buyuk siymolar – bolalar
birin-ketin musiqali
mehmonxonaga kirib keladilar).Beruniy, Al-Xorazmiy, Farg‗oniy,
Forobiy, Ibn Sino, Bobur, Mashrab, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin
Naqshband, Najmiddin Kubro, imom Buxoriy, at-Termiziy... (bu
yerda
shu hududda tug‗ilgan shaxslarni yodga olish mumkin). Bolalar ularni
odob bilan o‗rinlaridan turib, ta‘zim bajo keltirib kutib oladilar, hurmat
ila davraga o‗tqazadilar.
Dostları ilə paylaş: