BAXTIYOR.UZ - o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!
Sinfxonasi yoki zal bayramga xos tarzda bezatiladi. Mavzuga mos rasmlar,
palakatlar,
Davlatimiz ramzlari, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
kitobi, ro'znoma va oynomalarning bayram sonlari hozirlanadi. O'zbekiston
Respublikasi madhiyasi kuylanadi. Tadbir o'qituvchining kirish so'zi bilan
boshlanadi.
—
Assalomu alaykum,
aziz ustozlar, qadrli o'quvchilar! Mana, bugun biz
konstitutsiya kuni munosabati bilan o'tkazilayotgan
tadbirda qatnashish uchun
yig'ilib turibmiz.
Tadbir davomida siz o'quvchilarimizning qomusimiz borasida nechog'li bilimga
ega ekanliklariga guvoh bo'lasiz. Chunki tadbirimiz mavzusi «Konstitutsiya —
bolalar nigohida» deya nomlanadi.
Sahnaga o'quvchilar chiqishadi. O'qituvchi ushbu tarixiy kunga qisqacha izoh
beradi.
—
O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga
kiritgach, qonun bilan
belgilab qo'yilgan o'z erkiga, tiliga, diniga ega bo'ldi.
Prezidentimiz Islom
Abdug'aniyevich Karimov 2001 yil 4 yanvarda F-1322-raqamli «O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining o'rganishni tashkil etish to'g'risida» gi
Farmoyishini qabul qildi.
“KONSTITUTSIYA BOSH QOMUSIMIZ”
Ana shu Farmoyishga asosan endilikda barcha ta'lim muassasalarida O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi mukammal o'rganilmoqda.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida «Konstitutsiya sabog'i», boshlang'ich
sinflarda «Konstitutsiya alifbosi» o'rgatilsa, yuqori sinflarda «Konstitutsiya
olamiga sayohat», «Davlat va huquq asoslari», «Konstitutsiyaviy huquq asoslari»
fanlari o'qitilmoqda.
Qomusimizni o'rganishdan asosiy maqsad,
yosh avlodning huquqiy ongi,
tafakkuri va madaniyatini yuksaltirish, uning mazmun-mohiyatini to'la tushunib
yetishlariga erishishdir.
O'quvchilar qomusimiz haqida so'zlaydilar.