1-o'quvchi: Mustaqil O'zbekistonimizning Konstitutsiyasi 1992 yil 8
dekabrda qabul qilingan.
2-o'quvchi: 1991 yil noyabrda Konstitutsiya loyihasining ilk varianti
tayyorlandi. U 158 moddadan iborat edi. 1992 yfl bahoriga kelib loyihaning 137
moddadan iborat 2-variantj ishlab chiqdi.
3-o'quvchi: 3-tahrirdan so'ng loyiha 128 moddani tashkil etdi. Loyiha usbda
taxminan 2 yil tshtandi. 2, 5 oy mobaynida esa umumxalq muhokamasida bo'lib,
yanada mukammallashdi.
4-o'quvchi:
Va nihoyat, mustaqil O'zbekistonimizning yangi Konstitutsiyasi
1992 yil 8 dekabr XII chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI
sessiyasida qabul qilinib, 8 dekabr — umumxalq bayrami, O'zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi kuni, deb e'lon qilindi.
O'qituvchi (qo'lida Konstitutsiya kitobi):
—Xalqim diliga yog'du,
Sochar misoli oftob.
Qonunlar majmuasi
Muqaddas, ezgu kitobi
Konstitutsiya — bu bizning huquq va burchlarimizni ifodalab beruvchi
majmuadir. O'zbekistonda yashovchi har bir millat vakili, har bir fuqaro qonun
oldida tengdir.
«Huquqiy davlatning quroli ham, so'zi ham, ko'zi ham qonundir», degan edi
muhtaram Prezidentimiz. Bizning mustaqil Vatanimizda davlat, uning organlari,
jamoat birlashmalari va barcha fuqarolar Konstitutsiyaviy qonunlarga muvofiq ish
ko'radilar. Shular qatorida siz, o'quvchilarning ham Konstitutsiyada ko'rsatilgan
barcha qonunlarga bo'ysunishingiz majburiydir.
5-o'quvchi: Chunki qonunlar jamiyat hayotining asosi bo'lib, davlat
faoliyatini tartibga soluvchi normalardir. Demak, biz, huquqiy davlatning fuqarosi
sifatida huquqiy bilimlarga ega bo'lishimiz, Konstitutsiyada belgilangan qonun-
qoidalarga bo'ysunishimiz shartdir.
6-o'quvchi: — Olti bo'limli kitob,
Bor yigirma olti bob.