O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

Tarbiyachi:
– Hurmatli bolalar, ota-onalar, aziz mehmonlar!Bugun 
diyorimizning turli burchaklarida, maktab-bog‗chalarda, mahalla-
xonadonlarda tantanali bayram – O‗zbekiston Respublikasining 
Mustaqillik kuni nishonlanmoqda. Ishchi va dehqonlar, olim va 
quruvchilar, tikuvchi va shifokorlar – hammalari bayramga munosib 
tayyorgarlik ko‗rib, sovg‗alar hozirladilar.Do‗stlarimiz ham bayramga 
tashrif buyurdilar, bu nur ustiga nur bo‗ldi. Bugun biz, istiqlolimizni. 
erkimizni, Mustaqilligimizni sharaflaymiz! 
«O‗zbekiston – quyoshli diyor» qo‗shig‗ini kuylaydilar. (K.Kenjayev 
musiqasi). 
Mehmonxonaga zangori bantik taqqan, oq futbolka va yashil yubka 
kiygan qizlar kirib kelishadi. Ular qo‗llarida yorug‗ yulduzchalar tutib, 
milliy bayrog‗imizdagi yulduzchalarni eslatib, qator bo‗lib turadilar. 
Tarbiyachi:
– Rahmat, sizlarga, yulduzchalar. Raqsingizni maroq bilan 
tomosha qildik. Endi o‗zingiz haqingizda to‗liqroq so‗zlab bering! 
«Yulduzchalar»:
– Bizlar – o‗n ikkitamiz. O‗zbekiston Respublikasi 
milliy bayrog‗ida biz ham aks etganmiz. Bayrog‗imizdagi uch rangning 


91 
har biri o‗ziga xos teran ma‘no tashiydi. («Yulduzchalar» davraga 
tushib, navbatma-navbat gapirib beradilar). 
Tarbiyachi:
– (bayroq oldiga kelib).«Yulduzchalar» to‗g‗ri aytishadi. 
Bugungi kunda bayrog‗imizni dunyodagi aksariyat davlatlar, xalqlar 
taniydi va biladi. Bayramimizga ishtirok etib, shodligimizni baham 
ko‗rayotgan mehmonlarimizni qutlaymiz. («Mehmonlar» turib ta‘zim 
qiladilar). 
«Munojat» kuyi yangraydi. 
Tarbiyachi:
– (qadimgi kitobni qo‗liga olib, varaqlay boshlaydi). 
Bunday tantanali kunda ota-bobolarimiz, o‗tgan davlat arboblari-yu 
ulug‗ sarkardalarning nomlarini tilga olmaslikning iloji yo‗q. Chunki 
ular bizning faravon hayotimizni orzu qilib, bunday istiqlolga 
erishishimiz uchun kurashib, bu yo‗lda ijod qilganlar. (Tarbiyachi 
nomlarini eslagan buyuk siymolar – bolalar birin-ketin musiqali 
mehmonxonaga kirib keladilar).Beruniy, Al-Xorazmiy, Farg‗oniy, 
Forobiy, Ibn Sino, Bobur, Mashrab, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin 
Naqshband, Najmiddin Kubro, imom Buxoriy, at-Termiziy... (bu yerda 
shu hududda tug‗ilgan shaxslarni yodga olish mumkin). Bolalar ularni 
odob bilan o‗rinlaridan turib, ta‘zim bajo keltirib kutib oladilar, hurmat 
ila davraga o‗tqazadilar. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin