83
rahbari asboblarni guruhlarini mashg‗ulotdan tashqarii yig‗ib tayyorlashi
kerak, chunki mashg‗ulot davomida bolalar bilan ijro ustida ishlasa
qolganlari zerikadi va kutishdan charchashadi. Bu o‗rganish jarayonini
va bolalar qiziqishini sustlashtiradi. Asarni o‗rganishda mashg‗ulotlarni
aniqvazifalarga yo‗naltirib o‗tiladi:
1-mashg‗ulot. Musiqa rahbari asarni ifodali va qiziqarli qilib ijro
etadi. Musiqa rahbari bolalardan: «Bu asarni ijro etishda qanday
asboblardan foydalansa bo‗ladi yoki «Bu asar qanday janrga mansub?» -
degan savolni o‗rtaga tashlaydi. Bu bolalarda raqs janri haqida ham
ma‘lumotga ega bo‗lishlari mumkin. 2-mashg‗ulot. Musiqani yana bir
bor ijro etgandan keyin baxs boshlanadi. Bolalar o‗z tasavvurlari va
fikrlash qobiliyatlaridan va dunyoqarashlaridan kelib chiqib turli
javoblarni berishlari mumkin. Shunda musiqa rahbari bolalar fikrini
jamlab yakuniy bir fikrga, ya‘ni bu «xalq» kuyi ekanligiga keltiradi. 3-
mashg‗ulot. Musiqa rahbari fortepiano jo‗rligida doyrada ijro etishga
harakat qiladi. Unda usul hissi kuchli bo‗lgan bolani ijroga taklif qiladi.
Asar 2-3 marta ijro etilgandan keyin bolalar xotirasida qoladi. Kuyni
ovozda taxminiy ijro eta olganlaridan keyin qolgan zarbli urma
cholg‗ularni ijroga qo‗shsa bo‗ladi. 4-mashg‗ulot. Mashg‗ulotdan oldin
asboblarni sozlab bolalarga o‗rgatish kerak. Chunki bolalar
hayajonlanib, ijro etishlari qiyinlashadi. 2-3 marta orkestr cholg‗ulari
(rubob, soz tanbir, dutor, tanbur, qonun) birgalikda ijro etishlari
yaxshilangandan keyingina urma zarbli cholg‗ularni birlashtirsa
bo‗ladi.Mashg‗ulot davomida yaxshi ijro etishganidan so‗ng biror bir
cholg‗uga boshqa bolalarni ishtirok ettirsa bo‗ladi. Chunki har bir bola
ijro etib ko‗rishga o‗zini orkestr cholg‗uchisi sifatida ko‗rishni
xoxlaydi.5-mashg‗ulot. Orkestr jo‗rligida qolgan bolalarga raqs
elementlarini o‗rgatilsa, ular raqsga tushishadi, ya‘ni bayram tadbirida
bir guruh bolalar ijro etishsa, ikkinchi guruhbolalari raqsga tushishadi.
Bunda bolalar bayram vaqtida zerikishni his qilishmaydi va hammalari
ishtirok etadilar. Xulosa qilib aytganda, bolalar cholg‗ularida ijro etishga
o‗rgatish va uni hayoti davomida qo‗llash bolalarga katta zavq ulashadi.
Ular o‗zlarini sozanda sifatida ko‗radilar.
Dostları ilə paylaş: