O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Darslik SamDU Kengashining 2021yil 30 dekabrdagi 6 - sonli



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH
Darslik SamDU Kengashining 2021yil 30 dekabrdagi 6 - sonli 
yig‘ilishi qaroriga asosan chop etishga tavsiya etilgan.
 
 
ISBN 978-9943-6647-4-6 
 
©Samarqand davlat universiteti, 2021 



KIRISH 
 
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma‘naviy hayot 
darajasining yuksalishi ta‘lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan 
taraqqiyoti bilan belgilanadi. 
Shu bois, O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‗yicha 
Harakatlar 
strategiyasida 
ta‘lim 
sohasini 
tubdan 
takomillashtirish, ta‘lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, 
jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib 
o‗qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni 
tayyorlash 
ustuvor 
vazifalar 
sifatida 
belgilangan 
bo‗lib, 
pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta‘lim tizimni 
yaratish ko‗zda tutildi. 
Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta‘lim tizimida 
boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta‘lim 
xizmatlari ko‗rsatish tizimi isloh qilindi, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim 
tizimi qayta ko‗rib chiqildi, oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlash 
sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‗quv yurtidan keyingi 
ta‘limning ikki pog‗onali tizimi joriy etildi. 
Hozirgi vaqtda respublikada 10000 dan ortiq davlat hamda 
xususiy ta‘lim muassasasi faoliyat olib olib borayapti. Maktabgacha 
ta‘lim sohasi uzluksiz ta‘lim tizimining birlamchi bug‘ini hisoblanib u 
har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va 
maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada 
davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va 
farmoyishlar maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan isloh qilishga 
yo‗naltirilganligi barchaning e‘tiboridadir.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-
4312-sonli ―O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta‘lim tizimini 2030 
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi‖, 2016 yil 29 dekabrdagi ―2017-
2021 yillarda maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi 
―Maktabgacha ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5198-sonli Farmoni, 2017 yil 9 
sentabrdagi «Maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek, 
Maktabgacha ta‘lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli ―Ilk 
va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‗yiladigan davlat 
talablari
5
‖ hamda ―Ilk qadam‖ maktabgacha ta‘lim muassasasining 



Davlat o‗quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu 
sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan
Ushbu qaror va farmoishlar maktabgacha ta‘lim tizimini yanada 
takomillashtirish, samarali davlat boshqaruv tizimini 
yaratish, 
maktabgacha ta‘lim muassasalari davlat nodavlat tarmog‘ini 
kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali 
pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, maktabgacha ta‘lim muassasalariga 
bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta‘lim-tarbiya jarayonlariga 
zamonaviy ta‘lim dasturlari va texnologiyalarni tadbiq etish oraqli 
bolalarni har tomonlama intelektual, ma‘naviy-estetik jismoniy 
rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlsh sifatini tubdan 
yaxshialsh maqsadida qabul qilindi. 
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida musiqa mashg‘ulotlarinig 
ahamiyati beqiyosdir. Bo‗lajak musiqa mutaxassislari yosh avlod ongiga 
yuksak tuyg‗ularni singdirish, ularda Ona Vatanga muhabbat
go‗zallikka intilib yashash, uni asrash va yaratishga bo‗lgan ishtiyoq 
uyg‗otuvchi kasb egalari hisoblanadilar.
MTTda musiqa mashg‘ulotlari bo‗yicha davlat o‗quv standartlari va 
dasturlarini, darslik va metodik, o‗quv qo‗llanmalarini zamonaviy 
mezonlar asosida takomillashtirish zarurligi ta‘kidlanadi. Musiqiy 
ta‘limning oliy maqsadi: yosh avlodni milliy musiqa merosimizga 
vorislik qila oladigan hamda musiqa boyligini idrok eta oladigan, yetuk, 
barkamol, madaniyatli, nafaqat o‗z milliy an‘analarini, balki boshqa 
millatlar madaniyatidan boxabar va bu an‘ana, madaniyatlarini hurmat 
qiladigan qilib voyaga yetkazishdan iboratdir. Bunda nafosat 
tarbiyasining ahamiyati benihoya kattadir. Nafosat tarbiyasining 
mazmuni serqirra bo‗lib, musiqa tarbiya eng asosiy o‗rinni egallaydi. 
Xalq pedagogikasi o‗sib, rivojlanib borayotgan bir davrda xalq musiqiy 
namunalarini o‗rganish atoqli san‘atkorlar ijodidan mashg‘ulot 
jarayonida keng foydalanish musiqa tugaragi rahbari oldida turgan 
dolzarb vazifalardan biri ekanligi ta‘kidlanadi. Mazkur tavsiyada mavjud 
pedagogik vazifalar saqlangan holda, O‗zbekistonga xos milliy 
qadriyatlar, an‘analar, xalq ijodi, musiqani bolalarning idrok etish 
qobiliyati darajasiga bosqichma-bosqich tatbiq etish nazarda tutiladi. 
Uslubiy qo‗llanmadagi tavsiya etilayotgan ko‗rsarmalar, musiqa 
repertuari jonajon vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatni e‘zozlash, 
do‗stlik, hamjihatlik, rahm-shavqat kabi hislar musiqiy obrazlar orqali 
idrok etishga qaratilgan va mashg‗ulot jarayonida quyidagi ijrochilik 
malakalarini shakllantirish zarur. Tovushni to‗g‗ri ohangda ijro etish, 



musiqa ostida ritmik harakatlarni ifodali bajara olish, cholg‗u 
asboblarining tovushiga ko‗ra ajrata olish va ularni aniq uslublarda, 
bolalar cholg‗u asboblarida chalishga o‗rgatishdan iborat. 
Zamonamizdagi 
ma‘naiviy, 
madaniy, 
siyosiy, 
iqtisodiy 
o‗zgarishlar, 
zamonaviy 
pedagogik 
texnologiyalar, 
axborot 
texnologiyalarining ta‘lim jarayoniga kirib kelishi bo‗lajak «Musiqa 
ta‘limi" yo‗nalishi bo‗yicha tahsil olayotgan talabalarga nisbatan yuqori 
talablarni qo‗ymoqda. Ushbu darslikda biz asosan, oliy o`quv yurtlari va 
o`rta maxsus kasb-hunar kollejlari musiqa
 
yo‗nalishida tahsil olayotgan 
talabalar hamda «MTT da musiqa tarbiyasi» o‗quv fani bo‗yicha 
ma‘ruza o‗qiyotgan, maktabgacha ta‘lim muassasalarida musiqiy 
mashg‗ulotlar olib borayotgan musiqiy rahbarlar uchun musiqa 
ta‘limining boshlang‗ich bosqichlarida qo‗llashlari kerak bo‗lgan 
nazariy-amaliy, psixologik hamda pedagogik bilimlarini oshirish hamda 
musiqa rahbarlari, o‗qituvchilarini kasblariga yo‗naltirish maqsadida 
metodik tavsiyalar, badiiy asarlar berishga harakat qildik 




Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin