15
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.
Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta‘sir kursatish to‘g‘risidagi
sharq allomalarining fikrlari?
2.
Bolalar bog‗chasida olib boriladigan musiqa tarbiyasining asosiy
maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
3.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berishning o‗zaro
uzviy bog‗langan metodlari haqida so‘z yuriting?
4.
Bolalar bog‗chasida bolalarni musiqaga o‗rgatish necha
bosqichdan iborat. ?
5. Musiqa tarbiyasining maqsadi nimalardan iborat.?
1.2. ―Ilk qadam‖ maktabgacha ta‘lim muassasasining davlat
o‘quv dasturining mazmun -mohiyati
Umumiy qoidalar
Maktabgacha ta‘lim muassasasining davlat o‘quv dasturi (quyida:
«MTM davlat o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va
maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat
talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me‘yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib,
unda maktabgacha ta‘lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-
tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek,
bolaning
ta‘limning
keyingi
bosqichiga
o‘tishidagi
asosiy
kompetensiyalari belgilangan.
Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan quyidagi ta‘lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy:
davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari;
maktabgacha ta‘lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat
muassasalari;
maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar
uylari;
maktabgacha va boshlang‘ich ta‘limni nazorat qiluvchi
boshqaruv organlari.
Dostları ilə paylaş: