18
-
ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb
etish;
-
ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalarga
ta‘lim
berishda
kompetensiyaviy yondashuv
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim berishda kompetensiyaviy
yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda
hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy
me‘yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot
qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini
shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq
subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Kompetensiya
bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari
majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat‘i
nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: