O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


--- «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

--- «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
«Ijodkorlik» 
sohasidagi 
o‘quv-tarbiyaviy 
faoliyat 
yakuniga 
yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
-
san‘at va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi;
-
milliy an‘analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi 
sifatida idrok etadi;
-
san‘atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda 
ifodalaydi;
-
olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z 
ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;


21 
-
insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini 
tushunadi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va 
maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida 
amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta‘lim muassasasi o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni 
o‘quv yillari bo‘yicha tashkil qiladi.
O‘quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi. 
1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish davri 
tashkil etiladi.
--- O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish 
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga 
tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik 
harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat 
turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi
2
.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat ta‘lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, 
ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va 
individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejasiga muvofiq olib boriladi. 
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib 
chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi
3

O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta‘lim sharoitlariga bog‘liq 
holda integrasiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan 
tarkib topadi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud: 
-
yillik mavzuviy; 
-
haftalik. 
Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va 
turlari ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda nafaqat o‘quv-tarbiyaviy 
faoliyatning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo‘yicha 
maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integrasiyalash ham hisobga 
olinadi.
Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish 
sur‘atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o‘tishda 
2
Дастурга 2-илова 
3
Дастурга 3-илова 


22 
yordam berishi lozim. Shuni yodda tutish joizki, o‘yin maktabgacha 
yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda 
kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin