O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

 
 
Mavzuni mustahkamlash uchu savolar. 
1.
Musiqada ritmik harakatlar bajarishning ahamiyati? 
2. Ritmik harakatlar necha yoshdan boshlab o‘rgatlishi kerak? 
3. Ritmik harakatlar qysi mashg‘ulot turlari bilan vobasta? 
4. J.Dalkrosning ritmikaga qo‘shgan hissasi qanday? 
5. Harakat turlari nechtaga bo‗linadi? 
1.11. O‗zbek xalq milliy cholg‗u asboblari va bolalar cholg‗u 
asboblari tasnifi 
 
Musiqa mashg‗ulotlarida bu faoliyat turi eng qiziqarli 
jarayonlardan biridir. Bu faoliyat bolalarni ijodkorlikka undaydi.
Bolalar cholg‗u asboblarida jonli tovushli o‗yinchoqlar sifatida har bir
bolani qiziqtiradi. Chapak va bolalar cholg‗u asboblarida ritmik jo‗r 
bo‗lish, musiqaning xarakter va obrazlarni chuqurroq his etishda, ularga 
mos emotsional tuyg‗ular hosil qilish, ayniqsa, bolalarning ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa 
mashg‗ulotlarida bolalar cholg‗u asboblaridan foydalanish ijobiy 
natijalar berish bilan birga bolalarning mashg‗ulotga intiluvchanligi, 
qiziqishi va musiqiy o‗quvini (xotirasi, ritmni his qilish tuyg‗usini, 
nutqini) o‗stiradi. Bu borada ko‗plab pedagogik olimlar metodik 
qo‗llanmalar yaratganlar. Ilmiy ishlar va tadqiqotlar olib borganlar. 
Misol qilib, N.A.Vetluginananing «Musiqiy alifbo», N.G.Kononova 
«Obuчeniе doшkolnikov igr na detskix muzыkalnыx instrumentax» 
kitoblarini ta‘kiblab o‗tish mumkin. Undan tashqari Mustaqillikka 
erishilgandan so‗ng o‗zbek xalq cholg‗ularida ijroga katta e‘tibor 
qaratildi va aynan bolalar yoshiga mos keladigan o‗zbek xalq cholg‗ulari 
yasatildi. Bu asboblarning kattalar ijro etadigan asboblardan farqi – bu 
asboblar shakl jihatdan kichkina. Bolalarning qo‗liga to‗g‗ri keladi, 
ya‘ni ijro vaqtida bolalarga qiyinchilik tug‗dirmaydi. Endi bu asarlarni 
hayotga tadbiq etish uchun ma‘lum bir o‗quv qo‗llanma talab etilardi. 
Bu borada O‗zbekiston Davlat Konservatoriyasi professor-o‗qituvchisi 
A.Leviyev «O‗zbek xalq cholg‗ularida ijrochilik» nomli kitobini 


76 
hayotga tadbiq etdi. Bu kitobning o‗ziga xosligi shundaki, birinchidan, 
o‗zbek kompozitorlarining bolalar uchun yozgan qo‗shiqlaridan
foydalanilgan. Bu bolalarda tanish bo‗lgan qo‗shiqlarni cholg‗ularda 
ijro etib kuylashlariga katta turtki bo‗ladi. Ikkinchidan, aynan o‗zbek 
xalq kuylaridan namunalar keltirilganligidir. Bu bog‗cha bolalarida 
yoshligidan o‗zbek xalq kuylarida mehr-muhabbat hissini, ularga 
hurmatini uyg‗otadi. Bolalar o‗zlari o‗zbek xalq kuylarini cholg‗uda ijro 
etishsa, anchagacha eslarida qoladi. Uchinchidan, bu cholg‗ular tafsifi, 
uni ijro etish malakalari va ko‗nikmalari batafsil yoritib beriladi. Lekin 
bu kitobning murakkab jihati — bolalarda mashg‗uloti jarayonida 
qo‗llash qiyinchilik tug‗diradi. Bu masalani bartaraf etish uchun 
mashg‗ulotdan tashqari vaqtda qo‗llash kerak. Yod bo‗lgan kuy va 
qo‗shiqlada bayram ertaliklardan va tantanalarda bolalar ijro etishsa 
o‗zlarini kichkina sozandalar deb his qiladilar. Turli tantanalarda ijro 
etilgan kuy va qo‗shiqlar anchagacha xotirada muxrlanib qoladi. Bolalar 
cholg‗u asboblarda jo‗r bo‗lishda, avval, bolalar chapak chalib, ritmik 
jo‗r bo‗ladilar. Musiqa rahbari bolalar kuy ritmini to‗g‗ri his etib ijro 
etishlari uchun, bolalarga stol ustida terib qo‗yilgan cholg‗u asboblarida 
chalib, musiqaga jo‗r bo‗lishi xaqida batafsil so‗zlab berishi lozim. 
So‗ng biror cholg‗uda kuyni o‗zi ijro etib chapak bilan jo‗r bo‗lishini 
ko‗rsatadi. Keyin barchani kuyga chapak chalib, jo‗r bo‗lishni taklif 
etadi va ijro jarayonini diqqat bilan kuzatib, bolalar cholg‗u asboblarini 
tarqatish uchun ilg‗or va zehnli bolalardan birini tayinlaydi (birinchi 
marta ilg‗or bolalarni tanlashdan maqsad kuy chiroyli va to‗g‗ri bo‗lib 
ijro etilsa keyin qolgan bolalar ham o‗z tengdoshlari ijro etganlaridek 
chalishadi). Birinchi ijrodagi yutuq va kamchiliklarni bartaraf qilish 
uchun yana bir takrorlab chiroyli, to‗g‗ri ijro etilishi kerak. So‗ngra 
musiqa raxbari ijro etmagan bolalarga cholg‗u asboblarida jo‗r bo‗lishni 
taklif etadi. Shu tarzda guruhdagi barcha bolalar galma-gal cholg‗u 
asboblarida jo‗r bo‗lishga undab, ularning qiziqishini oshiradi. 
Cholg‗ularda chalishga hamma intiladi, albatta. Shuning uchun berilgan 
asarni bolalar xato qilmay musiqani his etishga va xotirada saqlashga 
harakat qiladilar. Keyinchalik ijrochilik turlari murakkablashtiriladi. 
Ayni shu holda guruhni 2 jamoaga bo‗lib, 1-jamoa chapak chalib, 2-
jamoa esa ovozda usul berish bilan yoki cholg‗u asbobida ham jo‗r 
bo‗lishlari mumkin. Bu usulning yana bir foydalitomoni shundaki, 
bolalarda jamoa bo‗lib kuylash malakalarini, ko‗povozli kuylashning ilk 
malakalarini rivojlantiradi. Ijro etishning yana bir turi — bolalar doyrada 
usulni aniq va tekis chalib turadi. «Bum»ga 1-jamoa bolalari, «bak»ka 


77 
esa 2-jamoa bolalari jo‗r bo‗lishadi. Buni iloji bo‗lsa magnitofon 
tasmasiga yoki yozuvga yozib olib bajarisa ham bo‗ladi. Shuningdek, 
kuyni dinamik belgilari va ifoda vositalarini ko‗rsatib turish uchun 
kartochkalardan foydalansa ham bo‗ladi. Bunday mashg‗ulotlar – 
qiziqarli o‗tadi, bolalar bilim vako‗nikmalari mustahkamlanadi va 
musiqiy qobiliyatlari har tomonlama rivojlanishni ta‘minlaidi. Musiqa 
mashg‗ulotlarida bolalar cholg‗u asboblarini qo‗llashi, tarbiyachidan 
katta mashuliyat, ijodkorlik va topqirlikni talab etadi. Bolalar musiqa 
cholg‗ulari xarakteristikasi Bolalar musiqiy o‗yinchoqlari va musiqiy 
cholg‗ularda tovush hosil bo‗lishi va tovush sifatiga ko‗ra ma‘lum 
guruhlarga bo‗linadi. Bolalar musiqa cholg‗ulari asosan ikkita guruhga, 
ya‘ni tovush balandligiga ega bo‗lgan (melodik) hamda urib 
chalinadigan (melodik bulmagan) cholg‗ularga bo‗linadi. 
1. Urib chalinadigan (melodik bo‗lmagan) ritmik cholg‗ular: 
doyra, nog‗orachalar, kayrok, klaves, bloklar, tamburin, baraban, 
marokas, uchburchak, rumba, yog‗och qoshiqlar, tarelkalar. SHu 
cholg‗ularning bahzilarining tavsifini keltiramiz: Klaves – palisandr 
daraxtidan tayyorlangan ikkita tayoqcha, bir biriga urib ovoz chiqariladi. 
Ularni ushlaganda (bosh va ko‗rsatkich barmoqlar yordamida) yog‗och 
uchalri bush bulishi kerak. Baraban –ikki tarafi teri bilan koplangan 
temir tsilindr. Tovush yog‗och tayoqchalar yordamida markaziga urish 
orqali hosil kilinadi. Marakas–ikkita plastmass shar, ularning ichida 
toshchalar harakatlanadi. Bu cholg‗uning tovushi og‗irroq bo‗lgani 
uchun bolani tez charchatadi. SHuning uchun extiyot bo‗lib foydalanish 
zarur. Qo‗lda ushlab, mayin harakat bilan silkitib tovush hosil qilinadi.
Uchburchaklar–chalish paytida osib qo‗yiladi yoki chap qo‗lda 
tasmachasidan ushlab turiladi va o‗ng qo‗lda metall tayyoqcha bilan 
uriladi. Tez tempda tayoqchani uchburchakning ichki ikki yoniga urib 
«tremalo» ijro etish mumkin. «Nozik», «yaltiroq», qisqa tovushga ega. 
Tarelkalar – barabanchaga mustahkamlanadi yoki chap qo‗lda ushlab 
turiladi. Ikkita yog‗och tayyoqcha bilan barobar yoki alohida-alohida 
chalish mumkin. 2. Melodik cholg‗ular: tovush balandligiga ega bo‗lgan 
metallofon, ksilofon, metallofon va ksilofon alg‗t (S1-S2), metallofon va 
ksilofon soprano (S2-S3), qo‗ng‗iroqchalardan iborat: Bu cholg‗ularning 
asosiy sozlanish tonalligi – Do major. Almashtiriladigan plastinkalar 
yaqin tonalliklarda ijro etish imkoniyatini beradi. Eng pastki tovush 
doimo tonika bo‗ladi. Ijro paytida cholg‗ular o‗quvchining bel qismi 
balandligida bo‗lishi lozim. Tayoqchalarni bosh va ko‗rsatkich 
barmoqlar orasida yengil ushlash kerak. Bunda qo‗llar tirsakdan 


78 
bilaklargacha erkin holatda bo‗lishiga e‘tibor tortiladi. Avval bolalarga 
tovushni ikki qo‗l bilan hosil qilish taklif qilinadi. Bunda ikkala qo‗lning 
balandligi bir xil bo‗lishi lozim. 
Har bir cholg‗uning o‗z tayoqchalari bor: 
-ksilofonda – qattiq probkali tayoqchalar bilan chalinadi. 
-metallofonda rezina tayoqchalar bilan ijro etiladi. 
-ko‗ng‗iroqchalarda –yog‗och tayoqchalar bilan ijro etiladi. 
Bulardan tashqari cholg‗ularning boshqa turlari ham mavjud. 
Tovushsiz cholg‗ular. Bularga musiqiy cholg‗ularni ifodalaydigan 
o‗yinchoqlar kiradi.Masalan, tovushsiz fortepiano, royal va boshqalar. 
Bular bolalarga o‗yinni qiziqtirish uchun xizmat qiladi. Musiqiy o‗yinlar 
esa ijodiy va musiqiy eshituvni rivojlantiradi. Tovush balandligi aniq 
bo‗lmagan cholg‗ular – baraban, shaqildoq, uchburchak, nog‗ora, 
safoyil, quticha, kastaneta. Faqat bir tovushni beruvchi o‗yinchoq —
cholg‗ular. (bular ritmni chalish uchun qulay bo‗ladi) – surnaycha, nay, 
rojki, sverelig va boshqalar. Ma‘lum bir kuynigina ijro eta oladigan 
cholg‗u o‗yinchoqlar. Masalan musiqiy shkatulka, musiqiy quticha. 
Bularni chalish mexanik tus oladi.Xromatik va diatonik tovushqatorli 
o‗yinchoq-cholg‗ular – metallofon, pianino, royal, klarnet, saksofon, lab 
garmoni, bayan va boshqalar. Urma zarbli cholg‗ular. Yog‗och
qoshiqlar. Bu cholg‗u bolalar bog‗chalarining ansambllarida, musiqa 
mashg‗ulotlarida va bayram tantanalarida ijro etiladi. Bu cholg‗ u 
bolalarning rimtik hissini rivojlantiradi. Uchburchak–ansambl, orkestr 
va qo‗shiqlarda jo‗r bo‗ladi. Tovush asbobga yengil urilishi bilan hosil 
bo‗ladi. Musiqiy bolg‗acha – ikki tomonlama plasmassadan yasalgan
bolg‗asimon cholg‗u. Bolg‗a dasta va havo to‗ldirilgan tovush 
chiqaradigan asosdan tashkil topgan. Bu o‗yinchoq – cholg‗u kichik 
guruh bolalarida kata qiziqish uyg‗otadi. Undan tashqarii o‗rta guruh 
bolalarida ritmni his qilishga o‗rgatadi. Qo‗ng‗iroqlar. Bu cholg‗ular 
shakl jihatidan kata-kichik bo‗ladi. Bu bolalarda musiqiy eshituv 
qobiliyatini rivojlantiradi. Turli shakldagilari turli balandlikka egadir. 
Masalan kattaligi jihatidan turli bo‗lgan uchta qo‗ng‗iroqlarni qo‗llash-
dan maqsad bolalar tovushlarni yuqori va pastlarini farqlay oladilar. 
Orkestrlarda katta qo‗ng‗iroqlar mavjud. Bu ayrim kuylarda pastki 
tovushni alohida ijro etish uchun belgilangan. Metallofon. Bu asbob 
yog‗och tayoqchala rva tayoqchalarga ulargan metal plastinkalardan 
iborat Musiqiy zina – yetti bosqichdan tashkil topgan tovushqatorni 
eslatadigan zina. Zinaning asosi yog‗och yoki metall. Bu cholg‗u ikkita 
tayoqcha bilan ijro etiladi. Bu bolalarda notalarning joylashuvi va 


79 
yuqoriga yo‗nalishini ko‗rsatib beradi. Bu cholg‗uda ijro etish katta va 
maktabga taiyorlov guruhbolalariga mo‗ljallangan.Urma klavishli 
cholg‗ular. Pianino, royalg‗. Bu cholg‗ular katta va maktabga tayyorlov 
guruhbolalariga mo‗ljallangan. Bu asboblarni mashg‗ulot davomida va 
mashg‗ulotdan tashqari vaqtda ham foydalanish mumkin. Mashg‗ulot
davomida musiqiy didaktik o‗yinlar jarayonida tadbiq etilsa, bolaning 
mashg‗ulotga qiziqishi oshadi. 
Damli cholg‗ular Damli cholg‗ularga klarnet, saksofon kabilar 
kiradi. Ularda ijro etishni individual tarzda o‗zlashtiriladi. Damli 
garmonika. Bu asbobda tovush hosil qilish uchun puflab klavishlarini
bosish bilan chalinadi. Asbob 6-7 yoshli bolalarga mo‗ljallangan. Triola 
asbobi. Rang-barang klavishlarga ega bo‗lgan bolalar musiqa cholg‗usi. 
Bu asbobda puflash bilan birga klavishlarini bosib tovush chiqariladi. Bu 
asbob yoqimliligi bilan boshqa asboblardan farq qiladi. Doyrada ijro 
etishdagi holat. Doyrada belni bukchaytirmasdan, o‗tirib, kiftlarni erkin, 
boshni to‗g‗ri tutib, tirsaklar tanadan sal nariroqda ushlagan holda 
chalinadi. Doyra ikki qo‗l bilan, notani ko‗rib turish uchun qo‗llarni 
tanadan sal chaproqqa qayirib ushlab chalinadi. O‗ng qo‗l: bosh barmoq 
doyra gardishini tashqi tomoniga, qolgan panjalari esa doyraning pardasi 
(membranasi)ga zarb urish uchun erkin holatda ushlanadi. 
Chap qo‗l: bosh barmoq gardishni ichki tomonida turadi, qolgan 
barmoqbar esa tovush chiqarish uchun xizmat qiladi. Doyraning vazni 
asosan chap qo‗lga tushadi. Doyra chalish usullari Doyra muayyan bir 
tovush baland-pastligiga ega bo‗lgan urma cholg‗u asbobi guruhiga 
kiradi. Doyra turli-tuman ritmik va dinamik imkoniyatlarga ega bo‗lib, 
doyrachi ikki qo‗l va barcha barmoqlarning zarblaridan faydalanadi. 
Kichik nog‗oralar kichik nog‗oralar ma‘lum bir sozda sozlanmaydi
lekin uni olovda yoki elektr isitgich oldida qizdirilganda tovushning 
jarangdorligi kuchayadi. Ikkala kichik ko‗zalar sozi bir-biriga nisbatan 
taxminan kvartaga tushadi. Bu asboblarga yog‗och tayoqcha bilan urib 
tovush chiqariladi. Nog‗oraning birmuncha chuqqurroq tovushi o‗ziga 
xos tus bilan ajralib turadi. Nog‗ora partiyasini yozish uchun bitta 
chiziqdan foydalanadi. Nota cho‗zimlari chiziqning ustiga yoki ostiga 
yoziladi. Chiziqning ostiga yozilgan notalar pastroq sozdagi ko‗zachaga 
uriladi, ustiga yozilgani esa yuqori sozdagi ko‗zachaga uriladi.
Safoyil – jarangdor cholg‗u bo‗lib, 2 ta yog‗och dastachalarga 
mahkamlangan, 2 ta katta buralgan xalqalardan iborat. Har bir katta 
xalqaga 15 tadan kichik xalqachalar o‗tkazilgan. Bu xalqachalarning 
jaranggi o‗ng yelkaga urib yoki havoda tez-tez harakat bilan oldinga 


80 
silkitishdan kelib chiqadi. Safoyil partiyasi bitta nota chizig‗ida 
yoziladi. Qutichalar qattiq daraxt turidan yasalib, har xil yiriklikda 
bo‗lishi mumkin va unga yog‗och cho‗plar bilan urib chalinadi. 
Qutichani chap qo‗lda ushlab, o‗ng qo‗l bilan yog‗och cho‗plarini 
qutichaning o‗rta qismiga o‗rib chalinadi. Ba‘zan bir juft yog‗och cho‗p 
bilan ham ijro etiladi. Bunda quticha stul ustiga qo‗yib chalinadi. Kichik 
guruhlarda cholg‗ularni ijro etishga o‗rgatishmalakalari Musiqa 
cholg‗ularida ijro etishga o‗rgatish kichik yoshdan boshlanadi (2-3 
yosh). Bolalar musiqa cholg‗ularining tovush balandligini farqlay 
olishga erishish kerak. SHiqildoq va bubenlarni farqlashi kerak. Bolalar 
bilan ishlash jarayonida musiqiy o‗yinchoqlardan foydalaniladi. Masalan 
surnaycha va boshqa o‗yinchoqlar asboblarga nisbatan qiziqish 
uyg‗otadi. Bolalar bilan turli didaktik o‗yinlarda cholg‗ularni qo‗llash 
mumkin. Masalan, urma zarbli cholg‗ular bolalarda katta qiziqish 
uyg‗otadi. Bolalarda ritmni his qilish tuyg‗usini rivojlantirish aynan shu 
yoshdan boshlash kerak. Turli zarbli urma cholg‗u o‗yinchoqlardan 
foydalanib, ritmning aniqijrosiga erishish maqsadga muvofiqdir. O‗rta 
yoshda ijro etish o'rta guruh bolalarida ijro etishga zarbli cholg‗ularga 
yana bir yangi cholg‗u qo‗shiladi. Bu metallofonda ijro. Bu cholg‗uda 
bolalarning hissi, xotirasi va eshitish qobiliyati rivojlanadi. Bolalarga 
cholg‗uni musiqa mashg‗uloti davomida tanishtirish kerak. Lekin unda 
ijro etish va ma‘lum bir kuyni o‗rgatish esa mashg‗ulotdan tashqarii
o‗tkaziladi. Metallofonda ijro etishga o‗rgatishdan oldin uning 
tayoqchasini to‗g‗ri ushlashga, u bilan to‗g‗ri foydalanish, tovush 
chiqarish ustida ishlash kerak. Masalan, tayoqchani qo‗lini qattiq 
zo‗riqtirib va qisib ushlasa talab etiladigan tovush chiqmaydi. Biror bola 
ijro etishga taklif etiladi. Uni bolalar kuzatib turishadi. Bola qo‗lidagi 
tayoqchani qisib ushlayotganini musiqa rahbari tushuntirib beradi. Katta 
guruh katta guruh bolalariga ijro etishni o‗rgatar ekanmiz ular oldiga 
yanada murakkabroq masalani qo‗yamiz. Ularga tanish bo‗lgan 
qo‗shiqlarni va kuylarni yakka va orkestrda ijro etishga o‗rgatamiz. Bu 
davrda bolalar musiqa asboblarining barchasini qo‗llasak bo‗ladi. Aynan 
shu davrda bolalarga ijodkorlik malakalarini ham shakllantirish mumkin, 
chunki bolalar cholg‗ u asbob haqida yetarli darajada malaka va 
ko‗nikmalarga ega. Ular faqat ritm yoki jamoa bo‗lib bir notani ijro 
etardilar. Endi bu davrda har bir cholg‗uning individual partiyasini ijro 
etishlari talab qilinadi. Bu bolalarda o‗zlarini partiyalarini ijro etish bilan 
bir qatorda yonidagi o‗rtog‗ini ham ijrosini tinglay olish maqsadda 
tutiladi. 


81 
Maktabga tayyorlov guruhi Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalari 
ijrosiga alohida e‘tibor beriladi. Bu davrga kelib bolalar cholg‗u 
asboblari bilan batafsil tanishadilar. Uning imkoniyatlarini to‗liq 
o‗rganib chiqadilar. Bolalar nafaqat musiqa rahbari, balki o‗zlari
musiqiy ansambl tuza oladilar. Bu davrda ijroga har bir mashg‗ulotda 
5-10 daqiqa sarflash kerak. Bu jarayon tizimiylikni va izchillikni talab 
qiladi. Qo‗lanilayotgan asarlar murakkablashib boradi. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin