68
Musiqa, ayniqsa, milliy musiqa, bola
tarbiyasiga benihoya katta
ta‘sir ko‗rsatib, ularda yuqori darajadagi badiiy, estetik zavq va didni
shakllantiradi, go‗zallikni musiqa orqali idrok etishda yetakchi rol
o‗ynaydi. Bolalar bog‗chasida musiqiy tarbiya quyidagi vazifalarni o‗z
oldiga qo‗yadi:
– musiqa tinglash;
– vokal ijrochilik;
– milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish;
– bastakor hayoti va ijodi bilan tanishtirish;
– musiqa turlari bilan tanishtirish;
– ritmik harakat va raqs
asoslari bilan tanishtirish;
– bolalarda ijobiy qobilyatlarni aniqlash va rivojlantirish;
– musiqa vositalari orqali bolalar tarbiyasini tobora shakllantirish;
Musiqa rahbarlari ushbu vazifalarni amalga oishirar ekanlar, o‗z
ish tajribalarida turli faoliyat shakllaridan keng foydalanadilar;– Musiqa
mashg‗ulotlari (vazifa va maqsadiga qarab, turli mavzu va yo‗nalishda
bo‗ladi);
– bayram ertaliklari;
– ko‗ngil ochar musiqiy o‗yinlar;
– nafosat soatlari;
– badiiy va adabiy musiqiy kompozitsiyalar;
– musiqiy teatr dramatizatsiyalari;
– yakka hol ish turlari;
– to‗g‗arak ishlari;
Bayram ertaliklariga tayyorgarlik ko‗rilar ekan, avvalambor bu
hammaning bayrami ekanligi, bolalar xotirasuda unutilmas iz
qoldirilishi,
ularga zavq, xursandchilik olib kelishini nazarda tutish
zarur. Bu jarayonda barcha teng qatnashishi lozim. Masalan, pedagogik
jamoa, ota-onalar va mahalla ahli. Maktabgacha ta‘lim muassasasida
tashkil qilingan bayram ertaliklari umumxalq bayramlarining bir
parchasi bo‗lmog‗i zarur. Musiqani tinglay bilish va undan zavqlana
olish ham katta san‘at hisoblanadi. Insonda musiqa tinglash madaniyati
yoshlikdan rivojlana boshlaydi. Bola, musiqa madaniyati darslarining
barcha faoliyatlari jarayonida, musiqani tinglab, uni idrok etadi. Ammo
musiqa darslarining musiqa tinglash qismi oldida, o‗ziga
xos jiddiy
vazifalar turadi. Avvalo, shuni eslatish lozimki, insonda kuylash imkoni-
yatlariga ko‗ra, tinglash imkoniyatlari ancha keng bo‗ladi. Masalan:
milliy cholg‗u asboblar ansambli, orkestr, xor, yakka cholg‗u, cholg‗u
ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab idrok etish mumkin.
69
Shuning uchun ham musiqa tinglash jarayonida tarbiyalanuvchilarning
badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi.
Musiqa madaniyati mashg‗ulotlarida musiqa tinglash uchun
quyidagi talablarga ko‗ra asarlarni tanlash tavsiya etiladi:
-tarbiyalanuvchilarning idrokiga mos xalq, mumtoz va
zamonaviy musiqiy asarlarni tinglash.
tarbiyalanuvchlarning musiqani idrok etish va musiqiy asarda
tasvir etilgan badiiylikni his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish.
- musiqa haqida boshlang‗ich ma‘lumotlar berish, tinglangan
asarlar
nomlarini eslash, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda
vositalarining farqini bilish hamda tinglangan asarga ma‘lum darajada
baho bera olish.
- musiqiy asarlarni ishtiyoq bilan tinglash va eslash, olgan
ta‘surotlar haqida o‗ylash va fikr bildirish.
- musiqa tinglashda turg‗un diqqat-e‘tiborni va tinglash
madaniyatini, boshlang‗ich elementlarni shakllantirish.
Musiqiy didni
shakllantirishga oid qiziqarli, mazmunli asarlarni
tinglash. Bog‗cha tarbiyalanuvchilarning diqqat-e‘tibori uncha barqaror
bo‗lmasligi sababli, ular yorqin yangraydigan kichik hajmdagi musiqiy
asarlarni idrok etishga qodir bo‗ladilar. Ular, ayniqsa, kichik hajmdagi
qo‗shiqlarni yaxshi idrok etadilar, chunonchi, so‗z
va ohang birligi
musiqaning mazmunini oson idrok etishga yordam beradi. Shuning
uchun musiqa rahbari qo‗shiq aytganda yoki biror cholg‗u asarini ijro
etganda, uning tanish ovozi, sof ohangi, ifodali ijrosi, mimikasi va
ishoralari o‗quvchilarni maftun etishi lozim.
Shundagina, bolalarda
bo‗ladigan zavqlanish, ajablanish, quvonish, qayg‗urish, o‗ylanish kabi
holatlarni kuzatish mumkin.
Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishda o‗qituvchining qisqa, lo‗nda,
mazmunli, qiziqarli kirish so‗zi, musiqa tinglash jarayonida ham muhim
rol o‗ynaydi. Musiqiy asarni tinglashdan oldin o‗quvchilarga ma‘lumot
berilsa, ular asarni to‗liq idrok etishga harakat qiladilar. Musiqiy asarni
ikki-uch mashg‗ulot davomida tinglash shart. Chunki, har bir tinglashda
bola uchun asarning 9 yangi qirralari namoyon bo‗ladi va unga nisbatan
qiziqishi va muhabbati ortib boradi. Yildan yilga o‗quvchilar o‗z
yoshiga, bilim va malakalariga muvofiq, musiqiy asarni to‗la idrok
etishga qodir bo‗ladilar. O‗quv yili davomida tarbiyalanuchialar 12–14
ta asar tinglaydilar.
Dostları ilə paylaş: