66
5. Bolalar ovozini shakllantirishda nimalara e‘tibor berish kerak?
1.9.
Musiqa mashg‗ulotlarida musiqa tinglashning ahamiyati
Turli guruhlarda musiqa tinglashning nazariy uslubiyati. Musiqani
tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish ham katta san‘at
hisoblanadi. Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan rivojlana
boshlaydi. Bog‗chada amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning
poydevoridir. Zotan bola musiqa mashg‗ulotlarining barcha elementlari
jarayonida ham musiqa tinglab, uni idrok etadi. Ammo mashg‗ulotning
musiqa tinglash qismi oldida o‗ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo
shuni eslatish lozimki, kishining kuylash imkoniyatidan ko‗ra
tinglash
imkoniyati ancha keng bo‗ladi. Masalan: orkestr, xor, yakka cholg‗u
ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab, idrok etish mumkin,
xolos. Shuning uchun olimlar musiqaviy tarbiya jarayonida musiqa
tinglashga alohida e‘tibor qaratishadi. Chunki kishi musiqa
madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa tinglash, malaka,
ko‗nikmalari katta rol o‗ynaydi. Musiqa tinglashda bolalarning badiiy
idroki yaxshi rivojlanib boradi. Mashg‗ulotning musiqa tinglash qismi
oldida quyidagi vazifalar turadi:
1) bolalarni o‗z idrokiga mos xalq
klassik va zamonaviy musiqa
namunalari bilan tanishtirib borish;
2) bolalarning musiqani idrok qilish qobilyatlarini rivojlantirib
borish;
Musiqa haqida boshlang‗ich ma‘lumotlar berishni o‗rgatadigan
asarlar nomlarini eslashga, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda
vositalarining farqiga borishga hamda tinglagan asarlariga ma‘lum
miqdorda badiiy baho bera olishga o‗rgatish.
Yengil, kuychan musiqalarni birmuncha xotirjam idrok etadilar.
Bu yoshdagi bolalarda musiqa mazmuni va xarakterini bilishga ayniqsa,
unda nima haqida hikoya etilishini bilishga qiziqish paydo bo‗ladi.
Shuning uchun ularda musiqa xotirasi
ancha faol rivojlana borib,
tinglagan musiqa haqida o‗z ta‘surotlarini hikoya qilib berish ishtiyoqi
paydo bo‗ladi. 5–6 yoshli bolalarda esa erkin, ixtiyoriy tarzdagi diqqat
e‘tibor shakllanib, musiqani diqqatni yig‗ib tinglash,
uning ayrim
detallarini anglab olish qobilyati rivojlangan bo‗ladi. Ularda musiqaga
qiziqish ko‗proq sevimli asarlarni takror-takror tinglash jarayoni yaxshi
rivojlanadi. Ular musiqadagi umumiy kayfiyatni yaxshi sezib, asarda
badiiy obrazning rivojlanib borishini kuzatishni o‗rganib boradilar.
67
Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishga tarbiyachining qisqa va qiziqarli
tushuntiruv so‗zi katta rol o‗ynaydi. Cholg‗u kuylari xarakteri va badiiy
mazmuni haqida bolalarga tushuncha berilsa,
ular asarni yaxshi idrok
etadilar. Asarni 2– 3 mashg‗ulot davomida takroran tinglashi shart.
Chunki, har bir tinglashda bola uchun asarning yangi-yangi qirralari
namoyon bo‗ladi va asarga nisbatan ularning muhabbati oshib boradi.
Bog‗chaning tayyorlov guruhlarida bola o‗z yoshiga muvofiq musiqa
asarini to‗la idrok etishga qodir bo‗ladi. Bog‗chada olingan bilim
zaxirasida malaka va ko‗nikmasi, musiqa turlari va uning xarakteri
farqiga borishga yordam beradi. Shunday qilib, dasturda ko‗zda tutilgan
va bolaning musiqa madaniyati rivojlanishida kelajakda asosiy rol
o‗ynaydigan uch faktor amalga oshadi.
1. Musiqaga qiziqish musiqa asarlarini
ishtiyoq bilan tinglash va
ularni eslash, olingan taassurotlarni o‗ylash.
2. Musiqa tinglashga turg‗un diqqat-e‘tiborni va tinglash madani-
yati boshlang‗ich elementlarining shakllanishi.
3. Musiqiy didining shakllanishi, musiqa asarlariga badiiy baho
bera olish. Turli guruhlarda musiqa tinglashning nazariy uslubiy
vazifalari:
1. Musiqa tinglash orqali bolalarda his-tuyg‗ularini rivojlantirish.
2. Boshlang‗ich musiqa tinglash tushunchalarini rivojlantirish.
Musiqa tinglash alohida metodlar orqali o‗tkaziladi.
Musiqa orqali
bog‗lash
Musiqa jarayonini
mustahkamlash
Dostları ilə paylaş: