O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

Ko‗rgazmali metod
1. Eshitishga asoslangan ko‗rgazmali metod. Bunda bolaga 
o‗rgatish bevosita musiqa bilan bo‗ladi. Musiqa eshitish maxsus 
mashg‗ulot paytida yoki bola tomonidan qo‗shiq va musiqaviy ritmik 
harakatlarning ijro etilishi. 
2. Ko‗rishga asoslangan ko‗rgazmalilik. Musiqa sadolari bilan 
qo‗shib olib boriladi. Turli o‗yin, raqs, mashq harakatlaridan namunalar 
ko‗rsatiladi. 
So‗zlab berish metodi
Bu metod bola ongiga mo‗ljallangan bo‗lib, uning faoliyatini 
ma‘noli va mazmundor qilishga qaratiladi. Bunda pedagogning so‗zi 
musiqa asarining dasturini tushunib olishda bolaga yordam beradi. 
Uning tasavvurini jonlantiradi. 
So‗zlab berish metodining quyidagi usullari bor: 
1. Tushuntirish
 
yangi asarni tinglash, qo‗shiq aytish, o‗yin va 
raqslarni qo‗shib, mashq qilish davomida foydalaniladi. 
2. Izohlash
 
izohlar ijro, raqs, mashq harakatlarini, qo‗shiq 
aytishning turli yo‗llarini ko‗rsatishda qisqa va aniq shaklda beriladi. 
3. Ko‗rsatma berish
 
– bolalar o‗yini raqs va mashqlarni 
bajarayotgan paytda beriladi. Masalan: o‗ng yelka tomondan aylanish 
kerak, oyoq barmoqlarini pastga cho‗zish kabi.
Amaliy faoliyat metodi
Bu faoliyatda bolalarga qo‗shiq aytish va musiqali ritmik 
harakatlarni bajarishda shunday rahbarlik qilish kerakki, ular topshiriqni 
mumkin qadar ta‘sirli va ifodali bajarishga intilsin. Bolalarni o‗rgatish 
jarayonida yosh xususiyatlarini hisobga olib, topshiriqlarni asta-sekin 
murakkablashtirish mumkin. 


65 
Bolalar bog‗chasida bolalarni musiqaga o‗rgatish bosqichlari
1-bosqich: 
Musiqa asari bilan dastlabki tanishtirish. 
Yangi qo‗shiqni o‗rgatish jarayonida pedagog turli musiqa 
asboblarida chaldirib, kuyni o‗zaro taqqoslaydi va shu yo‗l bilan uni 
xotirasida qoldiradi. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin