Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.
Bolalar cholg‗u asboblari qaysi asboblardan foydalaniladi?
2.
Bolalar cholg‗u asboblari o‗rgatishning vazifalari nimalardan
iborat?
3.
Bolalar cholg‗u asboblarida qanday kuylar ijro etiladi?
84
4.
Kuychan va kuychan bulmagan bolalr musiqa asboblariga tasnif
bering?
5.
Bolalar cholg‗u asboblari jur bo‘lishda qaysi uulllardan
foydalanish kerak?
1.12.Maktabgacha ta‘lim muassasalarida musiqiy tarbiya
mashg‗ulotlari, bayram tadbirlarini rejalashtirish (tadbir
senariysi)
Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidsa musiqiy tarbiya alohida
ahamiyat kasb etib, muntazam ravishda olib boriladigan tarbiya
jarayonining bir qismini tashkil etadi. Mazkur qo‗llanma maktabgacha
ta‘lim musassalarida musiqiy tarbiyani amalga oshirish dasturida
belgilangan ertalik va bayramlarni nishonlashga qaratilgan tadbir va
bayramlarni tashkil qilish jarayoniga qaratilgan. Musiqa, ayniqsa, milliy
musiqa, bola tarbiyasiga benihoya katta ta‘sir ko‗rsatib, ularda yuqori
darajadagi badiiy, estetik zavq va didni shakllantiradi, go‗zallikni
musiqa orqali idrok etishda yetakchi rol o‗ynaydi. Bolalar bog‗chasida
musiqiy tarbiya quyidagi vazifalarni o‗z oldiga qo‗yadi:
– musiqa tinglash;
– vokal ijrochilik;
– milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish;
– bastakor hayoti va ijodi bilan tanishtirish;
– musiqa turlari bilan tanishtirish;
– ritmik harakat va raqs asoslari bilan tanishtirish;
– bolalarda ijobiy qobilyatlarni aniqlash va rivojlantirish;
–musiqa vositalari orqali bolalar tarbiyasini tobora shakllantirish.
Musiqa rahbarlari ushbu vazifalarni amalga oishirar ekanlar, o‗z
ish tajribalarida turli faoliyat shakllaridan keng foydalanadilar.
– Musiqa mashg‗ulotlari (vazifa va maqsadiga qarab, turli mavzu
va yo‗nalishda bo‗ladi):
– bayram ertaliklari;
– ko‗ngil ochar musiqiy o‗yinlar;
– nafosat soatlari;
– badiiy va adabiy musiqiy kompozitsiyalar;
– musiqiy teatr dramatizatsiyalari;
– yakka hol ish turlari;
– to‗g‗arak ishlari.
Bayram ertaliklariga tayyorgarlik ko‗rilar ekan, avvalambor bu
hammaning bayrami ekanligi, bolalar xotirasida unutilmas iz qoldiri-
85
lishi, ularga zavq, xursandchilik olib kelishini nazarda tutish zarur. Bu
jarayonda barcha teng qatnashishi lozim. Masalan, pedagogik jamoa,
ota-onalar va mahalla ahli. Maktabgacha ta‘lim muassasasida tashkil
qilingan bayram ertaliklari umumxalq bayramlarining bir parchasi
bo‗lmog‗i zarur. Bolalar bog‗chasida musiqa va o‗yinlar bolaning aqliy,
estetik va jismoniy rivojida raqs, musiqali o‗yin va musiqa bilan harakat
katta ahamiyatga ega. Musiqa faoliyatining bu turlari bolaning har
tomonlama o‗sishiga katta yordam beradi.
Birinchidan, uning musiqa uquvi, ayniqsa, ritm tuyg‗usi va musiqa
xotirasi yaxshi rivojlanadi, chunki har qanday harakat turi musiqa ritmi
va taktlari ostida bajariladi hamda harakat bilan bog‗liq bo‗lgan musiqa
ohanglari bola xotirasida turg‗un saqlanadi. Ikkinchidan, yuqorida
aytganimizdek, raqs va musiqali harakatlar bolada harakatchanlik,
chaqqonlikni rivojlantirib, badanni chiniqtiradi, qomatning to‗g‗ri
o‗sishiga yordam beradi. Uchinchidan, musiqa asarlari bolada turlicha
emotsional hislar uyg‗otadi. Turlicha kayfiyatlar hosil qilib, uning
ongida o‗ziga xos obrazlar yaratadiki, bular bolaga harakat sxemalarini
badiiy ishoralar bilan ifodalashga yordam beradi. Demak, musiqa bilan
harakat bolaning aqliy va estetik qobiliyatini hamda irodasini
rivojlantirishda ham alohida ahamiyatga ega. Masalan, marsh musiqalari
bolaga g‗ayrat va tetiklik bag‗ishlaydi. Marsh musiqalarisiz bayram
ertaliklari, hatto bog‗chaning oddiy bir kunlik hayotini ham tassavvur
qilish qiyin. Raqs kuylari esa bolada ajoyib ichki his-tuyg‗ular,
kechinmalar hosil etib, beixtiyor raqsga tushishga undaydi va uni behad
zavqlantiradi. Musiqa mashg‗ulotlarida bajariladigan harakatlarni, ya‘ni
asosan ikki turga bo‗lish mumkin
1) raqs va xorovodlar. Musiqali o‗yinlar: o‗yin bog‗cha yoshidagi
bolalar ijodiy faoliyatining eng faol shaklidir. O‗yinlarga mo‗lljallangan
musiqa asarlarining badiiy mazmuni, xarakteri va ifoda vositalari
o‗yinning sujetiga mos tushishi shart. O‗yinning syujeti esa bog‗cha
hayotidan olingan bo‗lishi lozim. Unda bolaning ijtimoiy hayot va tabiat
bilan munosabati o‗z aksini topishi kerak. Ayniqsa xalq bolalar o‗yinlari
katta ahamiyatga ega.
Bog‗chadagi musiqali tarbiya metodikasida musiqali o‗yinning
asosan ikki turi tavsiya etiladi: 1) cholg‗u musiqa sadolari ostida
o‗ynash; 2) ashula aytib o‗ynash. O‗z navbatida cholg‗u muisiqali o‗yin
syujetli va syujetsiz o‗yinlarga bo‗linadi. Syujetli oyinda aniq voqea
tasvir etilib, syujetsiz o‗yinda esa turli harakat namunalari vositasida
musiqa asarining xarakteri va badiiy shakli tasvir etiladi. Ashula aytib
86
o‗ynash ko‗proq xorovodlar va insenirovkalar bilan bog‗liq. Ular
o‗yinning mazmuniga qarab tuziladi. Ba‘zi o‗yinlarda bir bola o‗yin
boshlab, boshqalari unga ergashsa, boshqasida esa, guruh ikkiga
bo‗linishi yoki juft bo‗lib o‗yinga tushilishi mumkin. O‗yinni davra
tuzib, ikki guruhga bo‗linib, ijro etish kabi turli shakllarda o‗tkazish
tavsiya qilinadi.
Musiqa madaniyati darslarida bajariladigan o‗yinlar asosan ikki
turga bo‗linadi:
1. Qo‗shiqning mazmuniga mos musiqali ritmik o‗yinlar.
2. Raqslar.
Shunday qilib, musiqiy o‗yinlar o‗z maqsad va vazifalariga ko‗ra,
didaktik o‗yinlarga mansub bo‗lib, asosan ritmik harakat vositasida ijro
etilishi bilan ifodalanadi. Musiqa ostida jismoniy tarbiyaning ahamiyati
Jismoniy tarbiya – sog‗lom avlod, sog‗lom oila, sog‗lom jamiyat uchun
bolalikdan qilinadigan amaliy harakatdir. Jismoniy musiqiy harakat,
o‗yinlar, sport bilan shug‗ullanish iroda, chidam, intizom tuyg‗ularini
shakllantiradi. Bola o‗z kuch-quvvati, sog‗lomligi, qaddi-qomatining
ixchamligi, nafas harakatlarining tog‗riligini sezib turadi va bu bilan
faxrlanadi. Bu sifatlar sezilmagan holda didni tarbiyalay boradi, bolani
go‗zallik dunyosiga yetaklaydi. Sportchining har tomonlama uyg‗un
rivojlangan qaddi-qomati haqiqatdan ham go‗zaldir.
Jismoniy tarbiya aslida musiqa tarbiyasi bilan uzviy bog‗liqdir.
Bayram ertaliklari bog‗cha hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga
aylangan bo‗lib, tantanavorlik, xursandlik va shodlik holatini vujudga
keltiradi, bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bayram ertaliklaridan
maqsad, bolalarni nafosat olamiga olib kirish, ularda ajoyib yorqin
taassurotlar qoldirish va shodlik baxsh etishdan iboratdir. O‗zbekiston
Mustaqillikka erishdi. Istiqlol sharofati tufayli qadryatlarimiz, unutilgan,
lekin bola tarbiyasida nihoyatda zarur bo‗lgan urf-odatlarimiz
tiklanmoqda. Shu sababli bayram ertaliklari shaklan va mazmunan
o‗zgarmoqda. Bolalar bog‗chalarida nishonlanadigan asosiy bayramlar
quyidagilardan iborat:
1. O‗zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni.
2. O‗qituvchi va murabbiylar kuni.
3. Mehrjon bayrami.
4. Yangi yil bayrami.
5. Vatan himoyachilari kuni.
6. Xalqaro xotin-qizlar bayrami.
7. Navro‗z bayrami.
87
8. Xotira va qadrlash kuni.
9. Gul va qushlar bayrami.
10. Sog‗lomjon va polvonjon bayram ertaligi.
11. Bolalarni maktab quchog‗iga kuzatish tadbiri.
Har bir bayramning o‗z ma‘nosi va alohida xususiyati bor.
Masalan, 1-sentabrda nishonlanadigan Mustaqillik bayramida vatanni
sevish va e‘zozlash, unga munosib farzand bo‗lib yetishish, uning
yutuqlaridan faxrlanish hissi tarbiyalanadi. Bayram katta guruh bolalari
bilan o‗tkazilib, ular O‗zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylaydilar.
Kichik va o‗rta guruh bolalari tomoshabin sifatida qatnashadilar.
Ertalikdagi o‗yinlar, insenirovkalarda xalqimizning erishgan yutuqlari,
mehnatning insonga quvonch baxsh etishi odamlarning bir-biriga mehr-
oqibati, qadriyatlarimiz ko‗rsatilishi kerak. Musiqa rahbari bayram
dasturini tuzishda ijodiy yondashib, zamonaviy bolalar qo‗shiqlari bilan
bir qatorda, o‗zbek xalq qo‗shiqlarini ham dasturga kiritishimiz lozim.
Mehrjon bayramida mehnat mavsumi yakuniga yetayotganligini
ifodalab, «Quyosh bobo»ga minnatdorchilik bildirib, «Bobodehqon»
mehnatini, «Ona yer» saxovatini, mehr-muruvvatini, «Kuzjon»ning
to‗kin-sochinligini ramziy obrazlar orqali chuqurroq idrok etishlariga
erishish lozim. Bu bayramni katta, o‗rta va kichik guruh tarzida
o‗tkazish mumkin. Bayram tantanalarida iloji boricha o‗zbek milliy
asboblarini (karnay, sunray, nog‗ora) jalb qilish tavsiya etiladi.
Imkoniyat bo‗lmasa, fonogrammadan foydalanish lozim. Askiyalar va
kichik sahnalashtirilgan ertaklar ham bo‗lishi tavsiya etiladi. Qo‗shiq,
lapar (aytishuv) va askiyalar mazmuni bolalarga tushunarli bo‗lishi
kerak. Yangi yil bayrami butun dunyoda ramziy qabul qilingan bo‗lib,
jahon oilalarining eng sevimli bayramidir. Unda chiroyli bezatilgan
archa, quvnoq kuy, qo‗shiq va o‗yinlar Qorbobo, Qorqiz va turli ertak
qahramonlari, o‗rmon hayvonlari ishtirok etib, bolalar bilan
xursandchilik qiladilar.
Navro‗z bayramida uyg‗onayotgan borliq, tabiat ulug‗lanadi.
Qadriyat, urf-odat, udumlarni aks ettiruvchi mazkur bayram, tabiat
uyg‗onishi, yangi mehnat mavsumining boshlanishi, tabiat go‗zalligidan
zavqlanish va uni asray bilish, ko‗kalamzorlashtirish, mehnatni ulug‗-
lash kabi g‗oyalarni o‗zida mujassam etadi. Qo‗shiq-yallalar kuylanadi,
o‗lan aytishuvlar va turli xil qiziqarli o‗yinlar o‗tkaziladi. Bu bayramni
bog‗cha sharoitidan kelib chiqqan holda zalda yoki hovlida o‗tkazish
mumkin. Qadimda sharq xalqlari o‗z sayllariga odamlarni karnay-surnay
orqali chorlaganlar. Shuning uchun bayramning tantanali qismida milliy
88
cholg‗u asboblardan yoki fonogrammadan foydalanish lozim. Badiiy
qismda quvnoq qo‗shiqlar yangraydi.
8-mart bayramida bolalar onalari, buvilari, opalari, tarbiyachilariga
bo‗lgan mehrlari va ulkan muhabbatlarini qo‗shiq, she‘r, raqs,
o‗yinlarida ifodalaydilar. Ularning mehnatlarini e‘zozlab, minnatdorchi-
lik bildirib, o‗z qo‗llari bilan yasagan sovg‗alarini taqdim etadilar. Ular
uchun katta, o‗rta va kichik guruhlarda konsert uyushtiriladi. Bayram
uchun to‗g‗ri tanlangan qo‗shiq, musiqa, sahna ko‗rinishlari bolalarda
xushchaqchaq kayfiyat tug‗dirishda katta ahamiyatga ega. Ular bayram-
ning umumiy xarakteriga, mazmuniga mos bo‗lishi kerak. Agar
bog‗chada xalq cholg‗u asboblaridan tuzulgan bolalar ansambli bo‗lsa,
uni ham bayram dasturiga kiritish kerak. Buyuk siymolar tavallud
topgan kunlar uchun badiiy musiqiy nafosat soatlarini tashkil etish,
bolalarda milliy g‗urur tuyg‗ularini shakllantirib boradi. Ularning rasm-
larini ko‗rsatib, buyuk xizmatlari haqida ma‘lumotlar berish, bolalar
yoshiga mos asarlari bilan tanishtirish esa bolalar ma‘naviyatini oshira-
di. Shuningdek, bayramlar bolalarni respublikamizda yashaydigan
barcha millat va xalqlarning urf-odatlari, qo‗shiq va o‗yinlari bilan
tanishtirish hamda ularga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda katta
o‗rin egallaydi.
Kichik, o‗rta, katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari
MTMda olib boriladigan barcha bayram ertaliklari vositasida oliyjanob
fazilatlar yosh avlodga bog‗cha yoshidan boshlab shakillantiriladi.
Bayram ertaliklari jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqaviy obrazlar
orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga xos musiqa asarlari
kichkintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini
boyitadi. Bog‗cha sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va
tasviriy san‘at bilan uzviy bog‗langan holda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |