72
2-harakat: qizlar doira bo‗lib yurib, birinchi qatorga saflanadilar.
Qizlar o‗z joylarida turib, 4 tomonga, pastga qarsak chalib, so‗ng
qo‗llarini yuqoriga ko‗taradilar. Bu harakatlar o‗ng
va chap tomonga
bajariladi.
9-12- taktlar:
3-harakat: 1,3,5-qizlar qo‗llarini «chiroqcha» qilib, oldinga chiqa-
dilar vayana o‗z joylariga qaytadilar. Bu harakatlar 2,4,6-qizlarda
takrorlanadi.
1-4-taktlar:
4-harakat: qizlar 3 kishidan bo‗lib, qo‗l ushlashib aylanadilar.
Qizlar doira bo‗ylab yurib, bir qatorga saflanib,
salom berib, chiqib
ketadilar.
Do‗loncha.
(O‗zbek xalq kuyi)
Katta va tayyorlov guruhlari uchun
O‗rtacha tez
1- holat: bosh uchun.
Oyoqlar
yelka kengligida, qo‗llar belda, bosh o‗ng
va chap
tomonga
i martadan aylantiriladi.
2- holat: yelka uchun. Oyoqlar yelka kengligida, qo‗llar yelkada.
Avval o‗ng, so‗ngra chap yelka oldinga va orqaga to‗rt marta
aylantiriladi.
3- holat: qo‗l uchun.
4 marta «koptokni yuqoriga ot» harakati bajariladi.
4- holat: bel uchun.
Oyoqlar yelka kengligida, qo‗llar belda, 1 deganda, oldinga
egiladilar, 2 deganda, dastlabki holat, 3 deganda,
orqaga egilib, 4
deganda, dastlabki holatga keladilar (4 marta).
5- holat: tizza uchun.
O‗ng qo‗l tirsagi chap oyoq tizzasiga, chap qo‗l tirsagi, o‗ng oyoq
tizzasi tekkiziladi.
6- holat: oyoq uchun.
Qo‗llar belda, oyoqlar juft holatda ikki marta sakrab, 3-4 hisobida
o‗ng va chap oyoq birin-ketin oldga va orqaga harakatlanadi.
7- holat: nafas uchun.
Qo‗llar orqadan yuqoriga ko‗tarilib, oldga tushuriladi va yengil
nafas olinadi.
Qashqarcha.
(O‗zbek xalq kuyi)
Tayyorlov guruhi uchun
73
O‗rtacha tez
1- holat: bosh uchun.
Oyoqlar yelka kengligida, qo‗llar belda, bosh o‗ng, chap, yuqori va
pastga qaratiladi.
2- holat: yelka uchun:
Oyoqlar yelka kengligida, qo‗llar pastda, yelkalar ikki marta o‗ng,
ikki marta chap tomonga aylantiriladi.
3- holat: qo‗l uchun.
Oyoqlar yelka kengligida, qo‗llar oldinda, yuqoriga, o‗ngga birin-
ketin harakatlantiriladi, song dastlabki holat.
4- holat: bel uchun.
Qo‗llar belda, oyoqlar yelka kengligida, ong va chap tomonga ikki
martadan egiladilar.
5- holat: tizza uchun.
Oyoqlar yelka kengligida, qo‗llar tizzada, yarim egilish — o‗ng va
chap tomonga egiladilar.
6- holat: oyoq uchun.
Qo‗llar belda,
oyoqlarni navbat bilan oldinga, yonga, orqaga
uzatib, dastlabki holatga keladilar.
7- holat: nafas uchun.
Qo‗llar yarim egilgan holda, pastdan yuqoriga ko‗tariladi.
Dostları ilə paylaş: