90
Quvnoq musiqa sadosi ostida bolalar kirib
keladilar va joylariga
o‗tiradilar.
Bog‗cha mudirasi:–
Aziz farzandlarim! Ulug‗ bayramingiz –
O‗zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan barchangizni chin
qalbimdan tabriklayman! Xabaringiz bormi – bog‗chamizga chet ellik
mehmonlar kelar ekan.
Sizlar mezbon, ularni kutib olasizlar.
Tarbiyachi:
– Mehmon kutishni eplarmikanmiz? Qanday bo‗larkan? Biz
bayramga atab raqs va qo‗shiqlardan chiroyli musiqali guldasta
tayyorlagan edik. Shu tomoshani namoyish etsak, degandik.
Mudira:
– Juda yaxshi! Konsert dasturingizni mehmonlar e‘tiboriga
havola etasizlar.
Respublikamiz hayoti, azim shaharlari, aziz insonlari
haqida bilganlaringizni aytib berasizlar. (Mudira chiqib ketadi).
Tarbiyachi:
– Bolalar, sizlar nima deysizlar?
1-Bola:
– Opajon, men yod olgan she‘rimni o‗qib bersam maylimi!
(she‘r o‗qiydi).
2-Bola:
– Do‗stlarim bilan
birga xalq laparini ijro
etaman, keeling o‗rtaga jo‗ralar!(«Yallalo-yallo» lapari ijro etiladi).
Mudira:
– (kirib).Qani, mezbonlar, mehmonlarni kutib oling!
(Musiqa mehmonxonasiga arab, turk,
fransuz va amerikalik
kichkintoylar kirib kelishadi. Bolalar chet tillardan birontasini
o‗rganishgan bo‗lsa, o‗sha tilda salomlashadilar. Mezbonlar ularga iltifot
ko‗rsatib o‗tirg‗izadilar).
Dostları ilə paylaş: