Bola: Boshda fikr nuri – gavhar,
Bolalarga ustoz sarvar.
Qalbi toza gullar qadar,
Hamma: Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: Ishimizda gar sezsa nuqson,
Yuragida turar to‗fon.
Tunlar bedor qiynaladi jon,
Hamma: Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: Ishi bilan dili birdir,
Do‗st-u yorga shirin tildir.
To‗lqin ursa Amu-Sirdir,
Hamma: Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: Mustaqillik xush zamona,
Xush zamonga u parvona.
Yurtim, elim, deya yona,
Hamma: Bu ustozlar, ustozlar!
«Bog‗cha opa, bo‗lmang xafa» qo‗shig‗ini kuylaydilar. Gul va
sharlar bilan «Bayramingiz muborak» raqsini ijro etadilar.Boshlovchi:
Prezidentimiz Islom Karimov farmoniga binoan,1997-yil 1-oktabrni
«O‗qituvchilar va murabbiylar kuni» –umumxalq bayrami, deb ehlon
qilindi.
Bolajonlar, ustoz deganda ko‗z oldingizga qanday insonlar
namoyon bo‗ladi?
Bola: Bizlarga odob va axloqni o‗rgatuvchi opamiz.
Bola: Bizlarga turli xildagi aqliy va milliy o‗yinlar o‗rgatuvchi
opamiz.
Bola: Ular bizga tinmay bilim beradilar, hisob-kitobni o‗rgatadilar.
Bola: Ulug‗larni eslashni,
Hikmatlarni yodlashni,
Vatanni e‘zozlashni,
Ham qo‗ynida yayrashni,
Bulbul bo‗lib sayrashni,
O‗rgatadi opamiz.
94
Boshlovchi: Barakalla, juda to‗g‗ri topdingiz. Ustoz ana shunday
ulug‗ zotdir. Bugun qalbimizdan ona kabi joy olgan ustozlarga qancha
shirin so‗zlar, she‘rlar aytsak, shuncha kam.
Bola: Assalom, aytamiz sizga azizlar!
Ming kalom aytamiz, sizga ustozlar.
Assalom so‗ziday aziz bo‗lingiz,
Eng quvnoq, eng shodon inson bo‗lingiz.