104
O‗kamizga bahor keldi.
Bahorni kuting bog‗da,
Bog‗ emas, dala joyda.
Qushlar sayragan chog‗da
Sevimli bahor keldi.
Bolalar «Gullar» qo‗shig‗ini kuylaydilar (J.Najmiddinov musiqasi)
qizlar gullar bilan raqsga tushadilar.
Boshlovchi:
Rahmat, qizlar, juda chiroyli raqsga tushdingiz.
1-bola:
Bahor keldi.Gul bahor, Etagida gul tutib.
Bizga intiq lolazor, Qirlar bag‗rida kutib.
2-bola:
Atrof to‗la har xil gul, Chuchmoma-yu, binafsha.
Bizning ko‗klamlar butkul Chiroylidir hamisha.
3-bola:
Binafshaxon, binafsha,kulishlaring chiroyli.
Bog‗imizda ochilib, turishlaring chiroyli.
Bolalar tarafma-taraf bo‗lib, «Bizdan sizga kim kerak?»
aytim
o‗yinini aytishuv tarzida qo‗llaydilar. (Y.Qurbonov she‘ri, M.Nasimov
musiqasi).
Shu payt momoqaldiroq gumburlaydi.
Boshlovchi:
Bolajonlar, eshityapsizmi, momoqaldiroq gumburla-
yapti. Hozir yomg‗ir quyadi. Tezroq panaga o‗tamiz.
«Yomg‗ir yog‗aloq» o‗zbek xalq bolalar qo‗shig‗ini kuylaydilar.
Boshlovchi:
Mana, bolalar, yomg‗ir ham yog‗ib o‗tdi. Qarang,
quyosh charaqlab chiqdi. Voy, eshik taqillayapti.
Qaray-chi, kim ekan?
(Kamalak qizchani boshlab kiradi.) Bolajonlar, kamalakoy
mehmon bo‗lib kelibdi. Kiraver, kamalakoy!
Dostları ilə paylaş: