103
Boshlovchi:
Maysa boshin ko‗tardi yerdan,
Gul bahordan bermoqda darak.
Qushlar qo‗shiq, soz, kuy bilan,
Gul bahordan bermoqda darak.
(M Abdusamatova)
Assalomu alaykum, shirin shakar o‗g‗il-qizlarim! Atrofga bir nazar
tashlang. Qanday chiroyli! Tabiat yashil libosga o‗rangan.
Yilning eng
chiroyli faslida qir-adirlarda chuchmoma, boychechak, lolaqizg‗aldoqlar
ochilgan. O‗lkamizda bahor kezmoqda. Bu faslda qanday bayramni
nishonlaymiz?
Bolalar:
Navro‗z bayramini nishonlaymiz.
Boshlovchi:
Juda to‗g‗ri, Navro‗zni har yili zo‗r quvonch,
katta
tayyorgarlik bilan kutib olish elimizning eng yaxshi odatlaridan biri
bo‗lib qolgan. Qo‗shiqlar aytib, raqsga tushganlar.
Xursandchilik
qilganlar.
Karnay-surnay sadosi yangraydi. Beqasam chopon kiyib, beliga
qiyiqcha bog‗lagan, oyog‗iga etikcha kiygan bola ot (butaforiya) minib
zalga kiradi.
Bola:
Ho-oy ,
bolalar-u, bolalar! Eshitmadim demanglar! Bugun
bog‗chamizda Navro‗z bayramiga bag‗ishlangan katta sayl bo‗ladi.
Hammangizni saylga taklif etaman ( Jarchi chiqib ketadi).
Dostları ilə paylaş: